Линклар

Yangi tadqiqot natijalariga ko‘ra, ko‘proq qahva ichish o‘lim xavfini ozaytiradi. 20 mingga yaqin odam orasida o‘tkazilgan tadqiqot qahva sog‘lom odamlar dietasining sog‘lom qismi bo‘la olishini ko‘rsatdi.

Ispaniyaning Pamplona shahridagi Navarra shifoxonasi kardiologi doktor Adela Navarroning aytishicha, bundan avval o‘tkazilgan izlanishlar qahva o‘lim xavfini ozaytirishini ko‘rsatgan. Ammo bu bog‘lanish O‘rta er dengizi atrofida joylashgan mamlakatlarda ilk marotaba ko‘rib chiqildi.

Tadqiqotning asosiy maqsadi qavha ichish O‘rta er dengizi bo‘yidagi mamlakatlarida yashaydigan o‘rta yoshlardagi shaxs uchun o‘lim xavfiga qanday ta’sir ko‘rsatishini aniqlash bo‘lgan.

Tadqiqot 1999 yilda boshlangan va unda 19896 shaxs ishtirok etgan.

Natijani chiqarishda Koks regressiyasi modellaridan foydalanilgan. Tadqiqot boshlanganidan keyingi 10 yil davomida 337 ishtirokchi vafot etgan.

Tadqiqot mualliflari qo‘shimcha sabablar ta’sirini e’tiborga olishganidan keyin ham kuniga kamida to‘rt finjon qahva ichganlarda o‘lim xavfi umuman qahva ichmaganlarga solishtirganda 64 foizga ozayganini kuzatishgan.

45 yoshdan o‘tganlarda esa qo‘shimcha qahva ichish o‘lim xavfini yanada ozaytirgan.

Doktor Navarro: “Natijalarimiz kuniga to‘rt finjon qahva sog‘lom odamlarning sog‘lom dietasining bir bo‘lagi bo‘la olishini ko‘rsatadi”, deya xulosa qildi.

XS
SM
MD
LG