Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:59

Go‘sht narxi 25 foizga oshishi ortidan qurbonlik qiluvchilar soni kamaygan


O‘zbekistonda go‘sht narxining keskin oshishi ortidan¸ mahalliy kuzatuvchilarga ko‘ra¸ bu yilgi Qurbon hayitida jonliq so‘yuvchilar soni sezilarli darajada kamaygan. Shu kunlarda Toshkent bozorlarida o‘rtacha qo‘y 1 million so‘m (qora bozor kursida 125 AQSh dollari), qoramol esa 4-5 million so‘m (qora bozor kursida 600-650 AQSh dollari) atrofida sotilmoqda.

Qurbon Hayiti arafasida Toshkent "Xalqa yo‘li" yoqasidagi xalq orasida "betonka" deb ataluvchi hududda tashkil etilgan sayyor mol bozorida savdoga chiqarilgan echki, qo‘y, sigirlarni ko‘rish mumkin.

Тошкент халқа йўли ёқасида савдога чиқарилган қўйлар
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:40 0:00
Бевосита линк

31 avgust kuni bu sayyor bozorga borgan Ozodlik mobil muxbiriga ko‘ra¸ bozorda xaridor siyrak:

- Har yili Qurbon hayiti arafasida gavjum bo‘ladigan mol bozorida xaridor kam. Ko‘pchilikning cho‘ntagi ko‘tarmayapti, - deydi Ozodlik mobil muxbiri.

Toshkent xalqa yo‘li yoqasidagi xalq orasida Betonka deb ataluvchi hududda tashkil etilgan sayyor mol bozorida savdoga chiqarilgan echki, qo‘y, sigirlarni ko‘rish mumkin.
Toshkent xalqa yo‘li yoqasidagi xalq orasida Betonka deb ataluvchi hududda tashkil etilgan sayyor mol bozorida savdoga chiqarilgan echki, qo‘y, sigirlarni ko‘rish mumkin.

Ozodlik suhbatlashgan sotuvchilarning o‘zlari ham bu yil narxlar qimmatligi sabab qurbonlik uchun jonliq oluvchilar o‘tgan yildagidan ancha kamayganini aytishadi:

- To‘g‘ri, qimmat, lekin biz arzonga sotolmaymiz, bizga ham kelishi qimmat bo‘layapti, - deydi "betonka"ga qo‘y-qo‘zilarni sotgani chiqqan savdogarlardan biri.

Bozorda sotuvchilar mol va qo‘yning vazniga qarab, tirik vaznning har kilosiga 35-40 ming so‘mdan narx belgilashgan.

Bu esa o‘tgan yil ayni mavsumdagi narxdan qariyb ikki barobar ko‘pdir.

- Bitta qo‘y bir million so‘mdan tepada bo‘layapti. O‘tgan yil bu pulning yoniga sal qo‘shsangiz mol olsa bo‘lar edi. Narx-navo oshayapti, oyliklar avvalgiday, - deydi qurbonlikka qo‘y olgani kelgan toshkentlik xaridor.

Fermerlar qoramolni boqish xarajatlari oshgani uchun uning narxini ham ko‘tarishga majbur bo‘layotganliklarini aytishadi.
Fermerlar qoramolni boqish xarajatlari oshgani uchun uning narxini ham ko‘tarishga majbur bo‘layotganliklarini aytishadi.

Viloyatlarda oilalarning daromadi poytaxtdagiga qaraganda ancha past.

Lekin mol va qo‘y narxi viloyatlarda Toshkentdagidan kam emas.

Andijonlik qassob Bunyodbek ham narx-navo qimmatligidan bu yil qurbonlik qilishni xohlovchilar kamayganini aytadi:

- O‘tgan yili Hayit arafasida buyurtma juda ko‘p bo‘lar edi. Bir hafta oldin aytib qo‘yishardi. Bu yil juda kam. Sababi - qimmatchilik. Jonliq kilosiga o‘rtacha 37 ming so‘m bo‘lyapti-da, imkoniyati borlar qiladida buni, hozir ko‘pchilikni imkoniyati to‘g‘ri kelmayapti, - deydi Bunyodbek.

Xorazmlik blogger Shuhdil Qurbon hayiti arafasida Shovot tumanidagi “Pir Bozor”dan tayyorlagan videolavhasida ham qo‘y va mol narxlari qimmatlab ketganini ko‘rish mumkin.

Toshkentning Bo‘ka tumanida yashovchi chorvador fermer Ozodlik bilan suhbatda qoramolni boqish xarajatlari oshgani uchun uning narxini ham ko‘tarishga majbur bo‘layotganliklarini aytdi:

- Yem oshib ketayapti. Bitta buqani bo‘rdoqiga boqish uchun har kuni unga o‘rtacha 9 kilogramm yem, 3 kilo shrot, 2 kilo kepak, 3 kilo sheluxa va 1 kilo maydalangan makkajo‘xori yoki bug‘doy aralashmasi beriladi. Bundan tashqari, kuniga qo‘shimcha 8 kilo atrofida beda yoki dag‘al xashak berib boriladi. Bir bog‘ beda 10- 12 ming so‘m, somon 2 ming, shrot 1800-1900 so‘m. Kombi-kormni oldin un kombinatlaridan olardik. Maslojir kombinatidan sheluxa olardik. Hozir uni limit qilib qo‘ygan. Zavoddagidan 500-700 so‘m yuqori narxda qo‘lda olayapmiz. Ko‘rayapsizmi, qora mol boqishning o‘zi bo‘lmayapti. Buni ustiga har kunlik mehnati bor, - deydi bo‘kalik fermer.

O‘zbekistonda bu yilgi Qurbon hayiti 1 sentyabrda nishonlanadi.
O‘zbekistonda bu yilgi Qurbon hayiti 1 sentyabrda nishonlanadi.

O‘zbekistonda bu yilgi Qurbon hayiti 1 sentabrda nishonlanadi. Islom aqidalariga ko‘ra¸ bu hayitda qurbi yetgan musulmonning qurbonlik keltirishi, so‘yilgan go‘shtni beva-bechoralarga tarqatishi vojib amal sanaladi.

XS
SM
MD
LG