Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:43

OzodDayjest: Toshkentda poraxo‘r "GAI" xodimi qo‘lga olindi


Hujjat tekshirayotgan militsionerlar. Mazkur illyustrativ suratning maqola qahramonlariga aloqasi yo‘q.
Hujjat tekshirayotgan militsionerlar. Mazkur illyustrativ suratning maqola qahramonlariga aloqasi yo‘q.

Toshkentda “GAI” xodimi 450 dollar pora bilan ushlandi. Toshkentda “GAI” xodimi 450 dollar pora bilan ushlandi. Joriy hafta matbuot mana shu haqda xabar berdi.

Toshkentda “GAI” xodimi 450 dollar pora bilan ushlandi

Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori Sunnatilla Yusupjanov 450 dollar pora olayotganda ushlandi (“Postda”, 26 avgust).

M. Zuparov ismli vatandosh haydovchilik huquqidan 2 yilga mahrum etilgan tanishiga haydovchilik guvohnomasini tez muddatda qaytarib olishda IIB vakilidan yordam so‘raydi.

S. Yusupjanov haydovchilik guvohnomasini muddatdan oldin tiklab berish evaziga 450 dollar pora talab qiladi.

Yo‘l harakati xavfsizligi rasmiysi ko‘rsatilgan miqdordagi pulni olayotganda qo‘lga tushirilgan.

Qayd etilishicha, el-yurt tinchligiga xizmat qilishga qasamyod qilgan S. Yusupjanov sharafli ichki ishlar sohasiga nomunosib ekanini ko‘rsatgan.

Qashqadaryoda o‘g‘rilar tomonidan yuqori bosimli gaz quvuri teshilishi oqibatida portlash xavfi yuzaga keldi

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida bir guruh o‘g‘rilar “Sho‘rtanneftgaz” shirkatiga gaz va gaz kondensati yetkazib beruvchi yuqori bosimli gaz quvurini teshib “qaynarbuloq” hosil qildi.

“Huquq” nashri xabariga ko‘ra, o‘g‘rilar katta miqdor gazni o‘marayotganda qo‘lga olingan.

Yuqori bosimli quvur teshilishi natijasida hosil bo‘lgan ochiq favvoralarda portlash xavfi yuzaga kelgan. Kechayu kunduz navbatchilik orqali portlash va yong‘inning oldi olingan.

Mahkama jarayonida o‘g‘rilar jinoyatning oqibatini tushunmasdan sodir etganini aytgan. Prokuratura nashri xalq mulki bo‘lgan boyliklarga ko‘z olaytirish xiyonat ekanini eslatib o‘tgan.

XS
SM
MD
LG