Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:09

Germaniyada ishga tushirilgan rentgen lazeri nano dunyoni ko‘rish imkonini beradi


Bitta oltin kristalli nano tarkibining mikroskopik ko‘rinishi. Isroildagi Technion universitetida o‘tkazilgan tajribadan.
Bitta oltin kristalli nano tarkibining mikroskopik ko‘rinishi. Isroildagi Technion universitetida o‘tkazilgan tajribadan.

1 sentabr kuni Germaniyada jahondagi eng yirik rentgen ishga tushdi. Yangi moslama olimlarga atomlar, viruslar hamda kimyoviy reaksiyalarni kuzatish imkonini beradi.

Gamburg shahrida yer sathidan 38 metr chuqurlikda joylashgan yangi qurilma 3,4 km uzunlikdagi tunnel ichida soniyasiga 27 ming lazer nuri chiqara oladi.

Juda katta tezlikda harakatlanuvchi bu nurlar olimlarga ilk marotaba nano dunyoga nazar solish imkonini beradi.

Nano dunyosi haqida tasavvurga ega bo‘lishingiz uchun: inson soch tolasi 100 ming nanometrdir.

Yangi rentgen yordamida viruslar atomlarini ko‘rish, hujayra molekulalarining uch o‘lchamli suratini olish yoki kimyoviy reaksiyalarni tasvirga olish mumkin bo‘ladi.

Yangi qurilmadan kasalliklarni davolashda hamda binolar yoriqlarini o‘rganishda foydalanish mumkin bo‘ladi.

Loyihani yakunlash uchun 8 yil vaqt va 1,7 milliard dollar mablag‘ ketgan. Uni 11 mamlakat, jumladan, Germaniya va Rossiya moliyalashtirgan.

XS
SM
MD
LG