Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:22

Eri Hajga ketgan ayol kundoshini ikki bolasi bilan yoqib yuborib, o‘zi ham kuydi


Bu suratning voqeaga aloqasi yo‘q.
Bu suratning voqeaga aloqasi yo‘q.

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida yashaydigan ayol o‘g‘li bilan birga Qumqo‘rg‘on tumanidagi kundoshini o‘ldirib, ikki yosh bolasi bilan yoqib yuborganlikda gumonlanyapti. Prokuraturadan olingan ma’lumotga ko‘ra, kundoshining uyiga o‘t qo‘yish jarayonida ayol va jinoyat sodir etishda unga yordam bergan o‘g‘li ham qattiq kuyish jarohati olgan. Ikki xotinli er esa ayni paytda Haj safarida ekanligi aytiladi.

Qumqo‘rg‘on tumanining Bagara mahallasida istiqomat qiladigan tadbirkor Xolmurod Bo‘ronovning ikkinchi xotinini kundoshi va uning o‘g‘li urib o‘ldirgan va ikki nafar farzandi bilan yoqib yuborgan.

Ozodlik tinglovchilaridan biri yuborgan bu xabarni Surxondaryo viloyati prokuraturasi tasdiqladi.

Эри Ҳажга кетган аёл кундошини икки боласи билан ёқиб юбориб, ўзи ҳам куйди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00
Бевосита линк

Ismi sir qolishini so‘ragan prokuratura mulozimiga ko‘ra, bu jinoyat 30 avgustdan 31 avgustga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan:

“Xolmurod Bo‘ronov asli jarqo‘rg‘onlik. O‘zi tadbirkor. Qurilish mollari sotadi. Uning katta xotini Nazira Toshmurodova kundoshi Ra’no Abdumo‘minovani urib o‘ldirgan va uni ikki bolasi bilan yoqib yuborgan. Bu voqeada katta xotin va jinoyatni sodir etishda unga yordam bergan 18 yashar o‘g‘li Elmurod Bo‘ronov ham kuyish jarohati olgan”, dedi mulozim.

Voqeadan yaxshi xabardor, ismi sir qolishini so‘ragan mahalla faollaridan birining aytishicha, Xolmurod Bo‘ronovning ikkinchi xotini ham asli jarqo‘rg‘onlik bo‘lib, uni Qumqo‘rg‘on tumanidagi Bagara mahallasidagi uyga ko‘chirib kelgan:

“Bu xotinidan 4 yashar qizi va 2 yashar o‘g‘li bor edi. 31 avgustga o‘tar kechasi, Jarqo‘rg‘ondagi katta xotini o‘g‘li bilan kundoshining uyiga keladi. Katta xotin kundoshini urib o‘ldiradi va jinoyat izini yashirish maqsadida uyga gaz kondensati sepib o‘t qo‘yadi. Lekin, olov o‘ziga tutashib ketadi. O‘g‘li esa yonayotgan onasini o‘chirishga harakat qiladi va oqibat o‘zi ham qattiq kuyish jarohati oladi. Ular Jarqo‘rg‘onga qaytgach, og‘riqqa chiday olmay shifoxonaga murojaat qiladi”, deydi mahalla faoli.

Uning aytishicha, yong‘in yarim tunda yuz bergani uchun uni o‘chirish imkoni bo‘lmagan:

“Yong‘inni mahallamiz uchastka noziri uzoqdan ko‘rib qolib, o‘t o‘chiruvchilarga xabar bergan. O‘t o‘chiruvchilar yetib kelganda butun uy olov ichida edi. Ikki soatda o‘chirishdi. Ertalab ekspertlar kelib, jasadlarni topishdi. Kelin va uning ikki bolasi jizg‘anagi chiqib kuyib ketgan ekan”, dedi mahalla faoli.

Jarqo‘rg‘on tumani kasalxonasining o‘zini tanishtirmagan mulozimining aytishicha, Nazira Toshmurodova qariyb 70 foiz, o‘g‘li Elmurod Bo‘ronov 35 foiz kuyish jarohati olgan:

“Hozir opaning ahvoli og‘ir, sekin-sekin shok holatdan chiqyapti. O‘g‘liniki yengilroq, davolayapmiz”, dedi shifokor.

Shifokorning aytishicha, qotillikda gumonlanayotgan bu ikki bemor palatasi militsiya xodimlari tomonidan qo‘riqlanyapti.

Voqea yuzasidan Qumqo‘rg‘on tumani prokuraturasi jinoyat ishi ochgan.

O‘zbekistonda avgust oyida Ozodlik xabar topgan ana shunday uchta voqea yuz berdi.

Bundan ikki hafta avval Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida uch farzandning onasi qaynonasi bilan uy-joy ustida talashib, uyiga o‘t qo‘yib yuborgan, oqibatda 72 yoshli qaynona o‘tda yonib halok bo‘lgan edi. Ayolning 9 yashar o‘g‘il kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.

Joriy yilning 19 avgust kuni Farg‘onaning Bag‘dod tumani, Olchin qishlog‘ida 51 yoshli ota 27 yoshli o‘z o‘g‘lini, ustiga benzin qo‘yib, yoqib yuborgan edi. Ota jinoyat joyidan g‘oyib bo‘lgan va keyinchalik ushlanib, hibsga olingan. Jabrlanuvchi o‘g‘il tanasining 70 foizi kuyib, og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan.

XS
SM
MD
LG