Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:30

Muhammad Solih Interpolning qidiruvdagilar ro‘yxatidan chiqarilganini bildirdi


O‘zbekiston “Erk” demokratik partiyasi lideri Muhammad Solihning nomi Interpol qidiruv ro‘yxatidan olib tashlanganini ma’lum qildi.

Bu haqda xabar qilgan Bi-bi-si radiosiga ko‘ra, Solih bu borada xalqaro politsiya tashkilotidan rasmiy bildiruv kutmoqda.

Muhammad Solihning aytishicha, O‘zbekiston ichki ishlar vazirligiga oid binolarda osilgan qidiruv ro‘yxatlaridan ham uning va ukasi Maqsud Bekjonning surati olib tashlangan.

"Interpol saytidan nomimizni olib tashlashgan. Hozir bu borada tashkilotdan rasmiy xabar kutyapmiz. Advokatim bu ish bilan shug‘ullanayapti", - degan Turkiyada istiqomat qilayotgan Muhammad Solih.

Shu yilning fevral oyida Muhammad Solihning yana bir ukasi 18 yildan beri O‘zbekiston qamoqxonalarida saqlangan jurnalist Muhammad Bekjon ozodlikka chiqqan edi.

Muhammad Solih 1988 yilda O‘zbekistonda tashkil etilgan ilk norasmiy muxolif harakat - "Birlik"ning asoschilaridan biri bo‘lgan.

U muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasini 1990 yilda tashkil etgan.

Muhammad Solihning nomzodi O‘zbekistonda 1991 yil dekabrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida Islom Karimovga raqib sifatida ilgari surilgan, rasman 12,7 foiz ovoz to‘plagani xabar qilingan.

O‘zbekistonda muxolifatga qarshi boshlangan tazyiqlar 1993 yilda Muhammad Solihni vatanni tark etishga majbur qiladi.

O‘zbekiston hukumati Muhammad Solihni 1999 yilgi 16 fevral portlashlarining tashkilotchilaridan biri deb ayblagan, lekin O‘zbekiston Oliy sudida ko‘rsatma bergan va keyin qamoqxonada hayotdan ko‘z yumgan Zayniddin Asqarov Muhammad Solih haqidagi ko‘rsatmalarini qiynoqlar natijasida olinganini aytgan.

XS
SM
MD
LG