Линклар

Toshkentda militsiya xodimlari oq rangli “Spark” mashinasida qochayotgan haydovchini o‘qqa tutdi. Hodisa 5 sentabr kuni Toshkentdagi Jismoniy tarbiya instituti oldida mahalliy vaqt bilan 18 lar atrofida ro‘y berdi. Voqea guvohlari militsiya xodimlarining "o‘g‘ri" ketidan quvib mashinaga qarata o‘q uzayotgani aks etgan videoni Ozodlikka jo‘natdi.

Ozodlikka kelgan videoda bir qancha militsiya xodimi tirband ko‘chada oq rangli "Spark" mashinasini to‘xtatishga urinayotgani, haydovchi esa atrofdagi bir qancha mashinalarni turtib qochayotganini ko‘rish mumkin.

Shundan so‘ng militsiya xodimlari mashinaga qarata bir necha marta to‘pponchadan o‘q uzadi.

Voqea joyida ishlayotgan militsiya xodimining Ozodlikka aytishicha, ular bir kun avval o‘g‘irlangan mashinani to‘xtatishga uringanida haydovchi ularga bo‘ysunmagan va qochgan.

“Bir kun avval ugonga berilgan mashina edi. To‘xtatmoqchi bo‘ldik, lekin g‘izzilatib qochdi. O‘q uzishga majbur bo‘ldik. Keyin bilsak haydovchi oq “Spark”ni uch kilometr naridagi Botkin qabristoni oldiga tashlab o‘zi qochib ketibdi. Hozir u qidirilyapti”, - dedi militsiya xodimi.

Mashinani olib qochgan shaxs kimligi esa, noma’lum bo‘lib qolyapti.

Ozodlik O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligidan bo‘lib o‘tgan voqea haqida izoh ololmadi.

XS
SM
MD
LG