Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:51

O‘zbekistonda 9 qavatli domlarda gaz pechka qurishga ruxsat berildi


O‘zbekiston respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi shaharsozlik normalari va qoidalariga - ShNQ 2.08.01-05 “Turar joy binolari”ga o‘zgartirishlar kiritdi.

Bu haqda xabar qilgan Norma.uz saytiga ko‘ra, turar joy binolarida 9- qavatgacha (9-qavat ham) gazsimon yonilg‘ida ishlaydigan isitish qozonlari o‘rnatishga ruxsat berilgan.

Ilgari bunga faqat 5 qavatgacha yo‘l qo‘yilardi. Ilgarigidek, qattiq yonilg‘ida ishlaydigan isitish qozonlari 2 qavatgachagina (2-qavat ham) binolarda ruxsat beriladi.

Bundan tashqari, yotoqxonalarda nafaqat pishirish uchun elektr plitalar, balki qattiq yonilg‘ida ishlaydigan plitalar 2 qavatgacha (2-qavat ham) binolarda, shuningdek gaz plitalari (10 qavatgacha, 10-qavat ham) o‘rnatishga ruxsat berildi.

XS
SM
MD
LG