Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:40

“Rekord palov” taloshidagi ur-yiqit ijtimoiy tarmoqlarda qoralandi


O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbegim” festivalida tayyorlangan rekord palov ustida boshlanib ketgan ur-yiqitni qoralamoqda. 8 sentabr kuni Toshkentning Saylgoh ko‘chasida dunyodagi eng katta deb aytilayotgan qariyb 8 tonnalik palov damlanib, odamlarga tarqatila boshlagach, uning atrofida yig‘ilgan olomon orasida ur-yiqit yuzaga keldi. Tashkilotchilar tartibsizliklar bois tekin oshni tarqatishni to‘xtatishga majbur bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonlik foydalanuvchilar o‘z vatandoshlarining tekin palov ustida talashayotganini "sharmandalik" deya qoralamoqda.

Facebook tarmog‘ida Troll.uz tomonidan qo‘yilgan palov ustidagi talash aks etgan video ostiga 300dan ortiq tanqidiy izohlar qoldirilgan.

​“Bugun Toshkentda ikkita dunyo rekordi o‘rnatildi. Birinchisi eng katta palov bo‘lsa, ikkinchisi bir kvadrat kilometrga to‘plangan eng ko‘p tekintomoq bo‘yicha”, - deb yozdi Facebook tarmog‘ining Suhrob ismli foydalanuvchisi.

Facebook tarmog‘i foydalanuvchisi Ibrat Jumaboev “Toshkentdagi sharmandachilikni ko‘rib osh yegim kelmay qoldi”, - deb yozdi.

Tarmoqning Doniyor ismli foydalanuvchisi esa yuzaga kelgan tartibsizlikda tashkilotchilarni ayblaydi.

- Bu yerda 80 foiz tashkilotchilarning aybi. Ular shunday tartibsizlik yuzaga kelishi oldini olmagan, - deb yozdi.

Hodisani kuzatgan toshkentlik jurnalist Bobomurod Abdulla ham tashkilotchilar xatosi tufayli tartibsizlik kelib chiqqanini aytadi.

Бобомурод Абдулла: "Рекорд ош" атрофидаги ур-йиқитга ташкилотчилар айбдор
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:49 0:00
Бевосита линк

Tadbirda bo‘lgan aksariyat odamlar esa ur-sur boshlanib ketgach, ertaroq uyga qaytishgani haqida yozdi.

Tartibsizlik qanday kelib chiqqani va tadbir davomida jarohatlanganlar yoki qo‘lga olinganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Ozodlik tadbir tashkilotchisi MilliyTV rahbariyatidan izoh ololmadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida tayyorlangan va Ginneslar kitobidan o‘rin olgan palovning umumiy og‘irligi 7360 kg tashkil qildi.

Palovni tayyorlash uchun rekord darajadagi masalliqlar: 1500 kg mol go‘shti, 400 kg qo‘y go‘shti, 220 kg quyruq yog‘i, 1900 kg guruch, 2700 kg sabzi, 220 kg piyoz, 440 litr o‘simlik yog‘i, 57 kg tuz, 100 kg no‘xat, 190 kg mayiz, 5 kg zira, 2 kg maydalanmagan murch, 1 kurkuma va 350 litr suv solindi.

Guinness World Records vitse-prezidenti Richard Stenning tashkilotchilarga dunyodagi eng katta osh Milliy TV tomonidan O‘zbekistonda tayyorlangani to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi.

XS
SM
MD
LG