Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:28

Guterrish: Shimoliy Koreya bo‘yicha ixtilof so‘nggi yillardagi eng jiddiy bo‘hrondir


BMT bosh kotibi Antonio Guterrish
BMT bosh kotibi Antonio Guterrish

BMT bosh kotibi Antonio Guterrish Shimoliy Koreyaning yadroviy va ballistik raketa dasturlari bo‘yicha yuzaga kelgan ixtilofni keyingi yillardagi eng jiddiy bo‘hron o‘laroq baholadi.

Bosh kotib Le Journal du Dimanche fransuz nashriga bergan intervyusida: “Mazkur tahdidning jiddiyligi, kech bo‘lmasdan avval, bizni aql-idrok yo‘liga undashiga umid qilishimiz kerak”, dedi.

“Bu keyingi yillarda biz duchor bo‘lgan eng jiddiy bo‘hrondir. O‘tmishda xo‘p o‘ylab ko‘rilgandan keyin boshlangan urushlarni kuzatganmiz. Ammo ayrim konfliktlar mudrash keltirib chiqargan eskalatsiya orqali boshlanganini ham bilamiz”, dedi Guterrish.

BMT bosh kotibi Pxenyanni o‘z yadroviy va ballistik raketa dasturlarini to‘xtatishiga hamda BMT Xavfsizlik kengashi oldidagi majburiyatlarini bajarishiga erishish muhim ekanligini ta’kidladi.

“Biz nima bo‘lishidan qat’i nazar, Xavfsizlik kengashi birligini saqlab qolishimiz kerak, chunki bu muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan yagona diplomatik vositadir”, deya qo‘shimcha qildi BMT Bosh kotibi.

8 sentabr kuni AQSh rasman Xavfsizlik kengashini Shimoliy Koreyaning navbatdagi yadroviy sinovi uchun unga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar joriy qilish rezolyutsiyasini ko‘rib chiqishga chaqirdi. Rezolyutsiyaga Rossiya va Xitoy e’tiroz bildirmoqda.

Rezolyutsiya Shimoliy Koreyaning neft savdosiga embargo joriy qilishga, mamlakatning mato eksportini man etishga hamda shimoliy koreyaliklarning xorijda – asosan Rossiya va Xitoyda – ishga olinishini to‘xtatishga chorlaydi.

Rezolyutsiya, shuningdek, Kim Chen In mulkini muzlatib, uning sayohat qilishini cheklashni ko‘zlaydi.

AQSh rasmiylarni keskin iqtisodiy sanksiyalar yordamida Pxenьyanni muzokara olib borishga undashni istaydi.

BMT diplomatlarining aytishicha, AQSh taklif qilayotgan choralar Shimoliy Koreyaga qarshi joriy etilgan eng kuchli sanktsiyalar bo‘ladi.

Reuters va AFP xabar aganetliklariga ko‘ra, BMT diplomatlari veto huquqiga ega Moskva va Rossiya Shimoliy Koreyaning mato eksportini man etishdan boshqasiga ko‘nmaydi, deb ishonadi.

Xitoy rasmiylari neft savdosiga embargo joriy qilish Shimoliy Koreyada tartibsizlik keltirib chiqarishdan xavotirda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa bunday keskin choralar mamlakat hukumatini jazolash bilan birga, uning qashshoq xalqini qiyin ahvolga solishini aytib keladi.

XS
SM
MD
LG