Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:48

Mixail Saakashvili Polshadan Ukrainaga borayotgan poezd to‘xtatildi


Gruziyaning sobiq prezidenti va Ukrainaning Odessa viloyati sobiq gubernatori Mixail Saakashvili Polshadan Ukrainaga borayotgan poezd to‘xtatib qo‘yildi. Ozodlik muxbirining xabar qilishicha, poezd Polshadan jo‘natilmagan va Saakashvilidan poezdni tark etish talab qilingan.

Bundan tashqari, ovoz kuchaytirgich orqali, Ukraina politsiyasi poezdda bu davlatga kirishi taqiqlangan shaxs borligi e’lon qilingan.

Ukrainaning sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenko ham ayni poezdda ekani xabar qilindi.

Bunga qadar 49 yashar Saakashvili 10 sentabr kuni Ukrainaga bekor qilingan vatandoshligini qaytarib olish uchun qaytishi va avtomobil yo‘li orqali kirishini aytgan edi.

Ozodlik muxbirining xabar qilishicha, so‘nggi daqiqalarda Saashkashvili rejasini o‘zgartirgani va poezd orqali Ukrianaga kirishga qaror qilganini bildirdi.

Ukraina politsiyasi va tarafdorlari Mixail Saakashvilini Polьsha bilan chegaradagi nazorat punktida kutayotgan edi.

Saakashvili bu xatti-harakati uchun Gruziya talabiga bilan qamoqqa olinishi yoki tegishli hujjatlari bo‘lmagan shaxs sifatida Ukrainaga kiritilmasligi mumkin.

Rasmiy Tbilisi uning hibsga olinishi va Gruziyaga topshirilishiga harakat qilmoqda.

Saakashviliga vatanida 2004-2013 yillarda prezident bo‘lib turgan payt mulkni noqouniy egallab olish va xizmat vazifasini suiiste’mol qilish aybi qo‘yilmoqda.

Saakashvili o‘zining siyosiy sabablarga ko‘ra ayblanayotganini aytib keladi. Iddao qilishicha, “oligarxlar” uning Ukrainaga qaytishidan qo‘rqadi, shuning uchun Gruziyaga topshirilishini istamoqda.

U Ukrainaning g‘arbparast hokimiyatiga hamfikr sifatida 2015 yili Kievga ko‘chib bordi va Odessa viloyati gubernatori etib tayinlandi.

O‘sha yiliyoq Ukraina vatandoshligini oldi va avtomatik tarzda Gruziya vatandoshligidan mahrum bo‘ldi, chunki Gruziya qonunlari ikki vatandoshlikka izn bermaydi.

2016 yil noyabr oyida u prezident Petro Poroshenko bilan orasi buzilgandan so‘ng Odessa viloyati gubernator lavozimidan iste’fo berdi.

Joriy yilinng iyul oyida Saakashvili AQShga safar qilayotgan payt Poroshenko uni vatandoshlikdan mahrum qildi.

U ushbu qarorning noqonuniy ekanini sudda isbotlash va siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun mamlakatga qaytmoqchi ekani haqida bayonot tarqatdi.

Bayonotga ko‘ra, u 10 sentabr kuni mahalliy vaqt bilan qoq tush chog‘i Ukraina chegara chegarachilariga pasportini va boshqa “qonuniy hujjatlari”ni topshirmoqchi hamda Lvov viloyatining Krakovets chegara nazorati punktidan mamlakatga kirishga urinib ko‘rmoqchi.

Saakashvilining fikricha, bir qancha ukrain siyosatchilari va parlament a’zolari, jumladan, sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko va sobiq mudofaa vaziri Anatoliy Gretsenko o‘zini chegarada kutib olishi kerak.

Yana u o‘zi tuzgan “”Yangi kuchlar harakati” siyosiy partiyasiga a’zo minglab tarafdorlari ham peshvoz chiqishidan umidvorligini bildirgan.

XS
SM
MD
LG