Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:08

Ekstraditsiya qilinmagan navoiylik muhojir deportatsiya qilinishi mumkin (FOTO)


Ravshan Rahimov va himoyachi Roza Magomedova
Ravshan Rahimov va himoyachi Roza Magomedova

Moskva shahar sudi O‘zbekiston tomonidan ekstremizmda ayblanayotgan 37 yoshli o‘zbekistonlik Ravshan Rahimovni ekstraditsiya etmaslik to‘g‘risida qaror chiqarganiga qaramasdan, politsiya olib ketgan o‘zbek muhojirini himoyachilar oyog‘i singan va ko‘zi ko‘kargan holda ikki kun o‘tib politsiya bo‘limidan topdi.

Shu yilning 7 sentabrida Moskva shahar sudi navoiylik 37 yoshli Ravshan Rahimovni Rossiya Bosh prokuraturasining O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qarorini rad etdi va uni sud zalida ozod qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.

“Sud, himoyachilar keltirgan isbot-dalillarga muvofiq, Rahimov R.E. O‘zbekiston Respublikasida qiynoqlarga solinishi va shafqatsiz muomalaga uchrashi mumkinligini asosli deb topdi. Shu bilan birga, sud O‘zbekiston Respublikasi Rahimov R.E.ning himoyasini ta’minlashga etarli kafolatlar berishi hamda O‘zbekiston huquq muxofazasi idoralari uni amalda bajarishlariga jiddiy shubhalar borligini inobatga oldi”, deyiladi Ozodlikka taqdim etilgan sud qarorida.

Biroq, o‘zbek qochqini himoyasini ta’minlayotgan “Grajdanskoe sodeystvie” inson haqlari himoyasi tashkiloti sud zalida ozod qilinishi to‘g‘risidagi qarorga xilof ravishda Ravshan Rahimov ozod qilinmaganini xabar qildi.

Tashkilotga ko‘ra, soqchilar Rahimovni allaqanday hujjatlarni imzolashga konvoy xonasiga olib ketgan.

Va o‘sha yerdan u dom-daraksiz yo‘qoldi!”, dedi Ozodlik so‘roviga himoyachilar guruhi rahbari Svetlana Gannushkina.

Advokat Roza Magomedova sud qaroridan ikki kun o‘tib, ya’ni 9 sentabr kuni, Ravshanni oyog‘i singan va ko‘zi ko‘kargan holda Yarovlavskoe shosse, 49 manzili bo‘yicha joylashgan politsiya bo‘limida topganini ma’lum qildi.

Himoyachi Yaroslavskiy tuman politsiya bo‘limi uning so‘roviga “Ravshan Rahimov tilxat asosida qo‘yib yuborilgan”, deya yolg‘on ma’lumot berganini ham ma’lum qildi.

Advokatlar Ravshanni oyog‘i singan va ko‘zi ko‘kargan holda politsiya bo‘limida topdi
Advokatlar Ravshanni oyog‘i singan va ko‘zi ko‘kargan holda politsiya bo‘limida topdi

Ravshan Rahimov sudda yo‘qolib qolganidan keyin nima bo‘lganini Ozodlikka so‘zlab berdi.

- Meni sudya Mosgorsudda ozod qildi. Ammo, ikkita “ugolovnik” (jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimi – tahr.) qo‘limga majburlab naruchnik taqib, Yaroslavskiy otdelga olib ketdi. O‘lar o‘sha yerda urishni boshladi. Keyin, meni boshqa rayonga berib yubordi: ketayotganimizda mashishinadan tushirdi-da, “Bo‘ldi, ozodsan – ketaver endi!”, deb ketdi. Hayron bo‘lib, qaerga borishni bilmay o‘tirsam, bir militsioner keldi-da, dokument so‘radi. “Meni Moskva shahar sudi ozod qilgan!”, deya qog‘ozni ko‘rsatsam, “Yo‘q, dokument kerak! Bo‘lmasa otdelga borib, shaxsingni tekshiramiz, qo‘l izlaringni olamiz”, dedi. Men hozir otdeldan chiqqanimni, qo‘l izlarini berganimni aytishimga qaramasdan, meni ikki kishilashib urib ketdi. Keyin mashinaga mindirib, yana otdelga olib ketdi, dedi Ravshan Rahimov.

Равшан Раҳимов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:09 0:00
Бевосита линк

Sud qarordan ma’lum bo‘lishicha, Ravshan Rahimov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 242-2 moddasi (Jinoiy guruh tashkil qilish) asosida 2014 yildan buyon xalqaro qidiruvda bo‘lgan. Ikki farzandning otasi bo‘lgan Ravshan Rahimov bir guruh boshqa o‘zbekistonlik muhojirlar bilan birga 2014 yilning dekabridan boshlab Moskva shahrida "Turkiston Islomiy partiyasi" tashkilotining faoliyatida ishtirok etib kelganlikda ayblanmoqda.

Ravshanga berilgan tilxat
Ravshanga berilgan tilxat

Asli Navoiy viloyatining Karmana tumanidan bo‘lgan bu yigit Yaroslavskiy politsiya bo‘limi xodimlari uni atayin qo‘shni politsiya bo‘limi xodimlariga urdirganiga ishonishini aytdi.

Losinoostrovskiy tuman politsiya bo‘limida Ozodlik so‘roviga o‘zbekistonlik muhojir yigit 18.8 moddasi bo‘yicha, ya’ni “migratsiya qoidalarini buzgani uchun” ma’muriy javobgarlikka tortilganini bildirishdi.

R.Rahimov advokati Roza Magomedova bilan sudda
R.Rahimov advokati Roza Magomedova bilan sudda

11 sentabr kuni, O‘zbekistonga berib yuborish mumkin emasligi to‘g‘risida Mosgorsud qarori borligiga qaramasdan, Moskvaning Babushkinskiy tuman sudi Rahimovni oxirgi 7 oy tergov izolyatorida “qaydga turmasdan yashagani va migratsiya qonunchiligini buzgani” vaji bilan O‘zbekistonga deportatsiya qilish haqida hukm chiqardi.

Advokat Magomedova Ravshanni O‘zbekistonga har qaysi yo‘llar bilan qaytarish xalqaro va Rossiya qonunchiligining buzilishiga olib kelishini gapiradi.

-“SUVSIGga joylashtirilsin!”, deya sud qaror chiqardi. Advokatning keltirgan dalillarni asossiz ekan. Rahimovning go‘yo hibsga olingan paytida Rossiya Federatsiyasida qaydda turmagani aniqlanibdi. Men deportatsiya qilinishi ustidan shikoyat yozayapman, Strasburg sudining 39 – qoidasi asosida xat hozirlayapman. Boshqa tomondan, uning Xorijliklarni saqlash markaziga yuborilishini ijobiy baholayman: bitta politsiya bo‘limida ko‘zini ko‘kartirishsa, ikkinchisida oyog‘ini sindirishsa, kim uchinchisida uning o‘ligini chiqarib berishmasligiga kafolat beradi?! - dedi Roza Magomedova.

Ҳимоячи Роза Магомедова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:08 0:00
Бевосита линк

Navoiylik Ravshan Rahimov ishi borasida o‘zining Feysbuk sahifasida xabar qoldirgan “Grajdanskoe sodeystvie” tashkiloti rahbari Svetlana Gannushkina Rossiya huquq-muxofazasi idoralari amallarini “Dahshat!”, deb atadi.

- Rahimov oxirgi xaftalarni tergov izolyatorida o‘tkazdi, ya’ni migratsiya qoidalarini hech qanaqasiga buza olmas edi. Ertaga politsiyachilar Ravshanni O‘zbekistonga jo‘natib, bizga “O‘rtoqlari bilan tong sahar 5-da o‘z iltimosiga ko‘ra qo‘yib yuborildi”, demasligiga kim kafolat beradi?! Buni oddiy qilib tushuntirsa bo‘ladi: o‘zbek maxfiy organlari bunday xizmatlarga yaxshi haq to‘laydi, - deya da’vo qildi rus politsiyasining navbatdagi noqonuniy amallariga izoh bergan Svetlana Gannushkina.

O‘zbekiston maxfiy xizmatlari tomonidan Rossiyada qidiruvda bo‘lgan muhojir va diniy qochqinlarning o‘g‘irlab ketilishi va o‘g‘irlashga urinishlari borasida Ozodlik oldin ham marotaba xabar bergan edi.

XS
SM
MD
LG