Линклар

O‘zbekiston futbol federatsiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan hisobot- saylov konferensiyasida, mahalliy saytlarning xabar qilishicha, federatsiyaning yangi prezidenti etib, Toshkentning «Paxtakor» klubi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Umid Ahmadjonov saylandi.

O‘zbekiston Futbol federatsiyasini 2006 yildan shu kungacha 69 yoshli Mirabror Usmonov boshqarib kelayotgan edi. Asli kasbi oshpaz bo‘lgan Usmonov 2013 yildan beri Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi hamdir.

Mustaqillik yillarigacha Toshkentdagi turli restoranlarda oshpazlik qilgan Usmonov 1990-2005 yillarda savdo vaziri va bosh vazir o‘ribosari lavozimlarida ishlagan.

O‘FF prezidenti lavozimini topshirayotib qilgan bayonotida Mirabror Usmonov, jumladan, bunday degan: "Men bir armon bilan ketyapman. Men ishlagan davrda Jahon chempionatiga chiqa olmadik. Bu ishni uddalasak, juda yaxshi bo‘lardi. 4 yildan keyin O‘zbekiston terma jamoasi ham jahon chempionatiga chiqadi va u yerga borganda bizni uyaltirib qo‘ymaydi degan umiddaman".

O‘zbek futbolining bugungi ahvoli Ozodlikning "Qurultoy" eshittirishida muhokama qilingan edi.

XS
SM
MD
LG