Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 08:12

Qirg‘iz-O‘zbek chegarasidagi 6 ta punkt ishlayapti, qolgan 9 tasi qachon ochilishi noma’lum


"Do‘stlik"dan O‘zbekistonga o‘tish uchun navbat kutib turgan qirg‘izistonliklar. 2017, 8 sentabr.
"Do‘stlik"dan O‘zbekistonga o‘tish uchun navbat kutib turgan qirg‘izistonliklar. 2017, 8 sentabr.

Bu haqda Ozodlikka ma’lum qilgan Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati boshlig‘i Gulnura Toralievaning aytishicha, shu kunda 2 ta avtomobil nazorat-o‘tkazish punkti (“Do‘stlik” va “Qizilqiya”) i hamda 4 ta temir yo‘l nazorat-o‘tkazish punkti (Qorasuv, Jalolobod, Qizilqiya va Shamoldisoy) to‘laqonli ishlamoqda, qolgan 9 ta nazorat-o‘tkazish punktlarida cheklov rejimi mavjud, ba’zilari umuman yopilgan.

“Qirg‘iziston O‘zbekiston chegarasidagi qolgan nazorat-o‘tkazish punktlari bo‘yicha tegishli davlat organlari vakolatlari doirasida ish olib borilmoqda. Shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning ishchi guruhlari ham ish olib bormoqda. Kelajakda biz albatta chegaradagi qolgan nazorat o‘tkazish punktlarini ham ochishni rejalashtiryapmiz albatta”, dedi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati boshlig‘i.

Gulnura Toralievaga ko‘ra, Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi barcha o‘tkazish maskanlarining ochilishi masalasi boshqa bir omilga ham bog‘liq.

“Bu masalada Qrg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidagi nazorat-o‘tkazish punktlari Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tashqi chegaralari ekanligini ham hisobga olish lozim. Shuning uchun bu punktlarni YeII talablari darajasida modernizatsiya qilish kerak”, dedi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati boshlig‘i Gulnura Toralieva.

11 sentabr kuni Ozodlik radiosi Qirg‘iziston hukumati matbuot xizmati mulozimiga tayanib, ikki davlat o‘rtasidagi barcha chegara punktlarini ochish ustidagi so‘zlashuvlar yuzasidan so‘nggi qaror 12 sentabr kuni e’lon qilinishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar qilgan edi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining Andijon-O‘sh avtomobil yo‘lidagi “Do‘stlik”-“Dostuk” o‘tkazish-nazorat maskani 6 sentabr kuni ikki davlat rasmiylari ishtirokida tantanali ochilgan edi.

“O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Qirg‘iz Respublikasi o‘rtasida Fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlari to‘g‘risida”gi bitim 2007 yilning 12 fevralidan kuchga kirgan.

Mazkur hujjatga binoan, O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonga va Qirg‘iziston fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz 60 sutkagacha kirishlari, chiqishlari, tranzit o‘tishlari hamda unda vaqtincha bo‘lishlari mumkin.

XS
SM
MD
LG