Линклар

Stiven Sigal Asian Fight turnirida nega qatnashmagani ma’lum bo‘ldi

  • Озодлик

Stiven Sigal Qirg‘izistonda o‘tgan "Ko‘chmanlarning xalqaro o‘yinlari" musobaqasida.

Hollivud yulduzi Stiven Sigal Asian Fight turnirida gonorari naqd pul bilan to‘lanmagani uchun qatnashmadi

Bu haqda eltuz.com nashri Asian Fight turniri uyushtiruvchilariga yaqin bo‘lgan manbaga tayangan holda 11 sentabr kuni xabar berdi.

Manbaning nashr muxbiriga bildirishicha, O‘zbekiston tomoni Stiven Sigalning mamlakatga kelishi uchun yo‘l harajatlari, mehmonxona va gonorar to‘lovlarni o‘z zimmasiga olgan.

“Stiven Sigalning vakillari bilan kelishuvga muvofiq haq bank hisobiga o‘tkazilishi kerak edi. Biroq Sigalning vakillari gonorarni naqd pulda to‘lashni talab qilishgan. O‘zbekistonda naqd valyuta masalasida muammolar borligi yuzasidan bu talabni qisqa muddatda bajarish imkoniyati bo‘lmagan va Sigal turnirga keladi”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda Sigal o‘zining instagram sahifasida “Menga bog‘liq bo‘lmagan sababalar tufayli men Asian Fight turnirida qatnasha olmadim”, deb yozgan va “Ishonamanki, men tez orada O‘zbekistonga qaytaman va muxlislarim bilan uchrashib, bu ajoyib mamlakat bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘laman”, deb qo‘shimcha qilgan.

Tadbirdan bir kun avval O‘zbekistonga borgan kinoaktyor O’zbegim an’anviy madaniyat festivalida qatnashib, Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan o‘zbek oshidan tatidi. Shuningdek, BABOS ot sporti klubi va Toshkent Madaniyat va san’at institutlarida bo‘ldi.

Toshkentda birinchi marta o‘tgan “Asian fight – 2017” turnirda Singapur, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Rossiya, Kiprdan borgan soprtchilar qatnashdi.

O‘zA xabarida aytilishicha, mamlakatda ilk bor o‘tkazilgan turnirda yakkakurash bo‘yicha o‘zbekistonlik 7 sportchi raqibini yenggan, biri yengilgan.

Avvaliga, “Asian fight – 2017” turniriga taniqli aktyor Jan-Klod Van Damm va aralash yakkakurash bo‘yicha mahoratli sportchi Djeff Monsonlarning kelishi aytilgan edi.

Ammo, 6 sentabrga kelib, ular bilan erishilgan shartnomalar to‘xtatilgani ma’lum qilindi, sabablari esa jamoatchilikka ochiqlanmadi.

XS
SM
MD
LG