Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:37

Yevropa parlamenti "Ozarbayjon pul yuvish mashinasi"ni tekshirishga chaqiradi


Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev va uning turmush o‘rtog‘i, vitse-prezident Mehribon Alieva
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliev va uning turmush o‘rtog‘i, vitse-prezident Mehribon Alieva

Yevropa parlamenti vakillari Ozarbayjon idoriy elitasi tomonidan idora etilgan xufiya jamg‘arma yuzasidan tekshiruvlar o‘tkazishga chaqirdi.

Yevropa parlamenti press-relizga ko‘ra, parlament vakillari bunday rezolyutsiyani 13 sentabrda qabul qilganlar.

Yevropa gazetalari konsorsiumi o‘tkazgan tekshiruvga ko‘ra, Ozarbayjon idoriy elitasi a’zolari "Ozarbayjon pul yuvish mashinasi" nomli xufiya jamg‘armadan yevropalik siyosatchilarga to‘lovlar o‘tkazish, qimmatbaho hadiyalar sotib olish va pul yuvish maqsadida 2,9 milliard dollar sarflagan.

Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikni tadqiq qilish xalqaro loyihasi (OCCRP) tomonidan 4 sentabrda nashr etilgan hisobotga ko‘ra, puldan foydalanganlar orasida "kamida uchta yevropalik siyosatchi, rejim haqida ijobiy maqolalar yozgan jurnalist va hukumatni olqishlagan biznesmenlar" bor.

Unda ta’kidlanishicha, 2012-2014 yillar orasida Britaniyadagi to‘rtta shel kompaniyalari orqali minglab to‘lovlar amalga oshirilgan.

Ozariy muxolifatchilari va inson huquqlari tashkilotlari neftga boy Ozarbayjondagi hukumatni sistematik korruptsiya, ovozlarni qalbakilashtirish hamda muxolifat siyosatchilari, huquqbonlar va jurnalistlarni ta’qibga olishda ayblaydi.

Hisobotda iddao qilinishicha, jamg‘arma va Ozarbayjon prezidenti Ilhom Alievning oilasi o‘rtasida aloqa bo‘lgan.

Boku hukumati hisobotda ilgari surilgan da’volarni rad etdi.

Rezolyutsiyada Yevropa parlamenti vakillari "Ozarbayjon va boshqa avtokratik rejimlarni noqonuniy vositalar bilan Yevropa siyosatchilariga ta’sir ko‘rsatishga urinishda" aybladi.

Rezolyutsiya Yevropa Ittifoqini ittifoqqa a’zo bo‘lmagan mamlakatlar bilan aloqalarda mavjud anti-korrupsiya uslublarini qo‘llash va Yevropa Ittifoqi moliyalagan loyihalarni "yaqindan va davomli" kuzatish hamda "inson huquqlarining jiddiy buzilishiga olib keladigan sistematik korrupsiya holatlari"ga qarshi sanksiyalar qo‘llashga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG