Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:46

Zaytun va zaytun moyining foydasi


Zaytun yog‘i
Zaytun yog‘i

Zaytun va undan tayyorlangan tabiiy mahsulotlar, jumladan, zaytun moyi kishi sog‘lig‘iga foyda ekanligini ko‘pchilikka ma’lum.

Ammo ayni damgacha zaytun aynan nima sabablarga ko‘ra vazn yo‘qotishga va 2-tipdadi diabet oldini olishga yordam berishi ma’lum emas edi.

Virjiniya Politexnika universitetining bir guruh tadqiqotchisi zaytundan olinuvchi oleuropein birikmasi organizmda insulin ko‘proq ishlab chiqarilishiga hissa qo‘shishini aniqladi.

Insulin inson metabolizmini boshqarishda muhim o‘rin tutadi.

Oleuropein, shuningdek, amilin deb ataluvchi boshqa molekula kuchini ozaytiradi.

Ushbu molekula 2-tipdagi diabetda oshiqcha ishlab, zararli agregatlarni ishlab chiqaradi.

Oleuropein yuqorida aytib o‘tilgan yo‘llar bilan diabet boshlanishi oldini oladi.

Izlanish natijalari Biochemistry jurnalida chop etildi.

Olimlarga ko‘ra, endilikda birikma diabet xastaligiga chalingan hayvonlarda sinab ko‘rilishi hamda uning qo‘shimcha funksiyalari aniqlanishi kerak.

XS
SM
MD
LG