Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:12

"Mega palov" ortidan "Mega lavash" usti talash bo‘ldi


Mega lavash presentation in Tashkent
Mega lavash presentation in Tashkent

16 sentabr kuni Toshkent shahrida 4 metrlik lavash tayyorlandi. "Rekord palov" tayyorlangan “O‘zbegim” festivalidan bir hafta o‘tib o‘tkazilgan bu tadbir ham odamlarning ur-yiqitiga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan videoda tadbir tashkilotchilari olmonga qarata “hammaga yetadi, uyaltirmanglar, sal orqaroq turinglar”, - deyotganini ko‘rish mumkin.

Toshkentning Tadbirni yoritgan bloggerning Ozodlikka aytishicha, to‘rt metrlik lavash shaharda "Oq tepa Lavash" restoranining ochilishi munosabati bilan tayyorlangan.

"Oq tepa Lavash" restorani rahbarlaridan birining Ozodlikka aytishicha, sakkiz oshpaz ikki qavatli uy balandligidagi sixga qoqilgan 750 kilogramm go‘shtni cho‘g‘da aylantirib turishgan.

- Bu aslida ellikka yaqin oshpaz mehnati maxsuli bo‘ldi, O‘zbekistonda bunaqasi bo‘lmagan hali, - deydi "Oq tepa Lavash" restorani menejeri.

"Оқ тепа Лаваш" ресторани менежери
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:53 0:00
Бевосита линк

Ozodlikka yuborilgan videoda tashkilotchilardan biri olmonga qarata “hammaga yetadi, uyaltirmanglar, sal orqaroq turinglar”, - deyotganini ko‘rish mumkin.

Тошкентда "Мега лаваш" талаш бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:49 0:00

Tadbirda qatnashgan Azizning Ozodlikka aytishicha, oldiniga tashkilotchilar mega taomni odamlarga bepul tarqatishni bo‘ljallashgan, lekin ur-yiqit boshlangach pullik qilishgan.

- Tashkilotchilar ur-yiqit bo‘lmasin deb lavoshni pullik qilishdi. Uchta olganga to‘rtinchisi bepul ekan, - deydi tadbirda qatnashgan Aziz.

Тошкентлик Азиз Мега лаваш тадбири ҳақида
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:06 0:00
Бевосита линк

Tadbirda bo‘lgan aksariyat odamlar esa ur-sur boshlanib ketgach, ertaroq uyga qaytishgani haqida yozdi.

Tartibsizlik qanday kelib chiqqani va tadbir davomida jarohatlanganlar yoki qo‘lga olinganlar haqida ma’lumot yo‘q.

Mega lavash Toshkentda yangi restoran ochilishi munosabati bilan tayyorlandi.
Mega lavash Toshkentda yangi restoran ochilishi munosabati bilan tayyorlandi.

"Mega lavash" ustidagi ur-yiqit ham ijtimoiy tarmoqlarda qoralandi.

Tekin Lavaaaaaaaash. Bugungi holatga solishtirganda 😭😭😭👇
Tekin Lavaaaaaaaash. Bugungi holatga solishtirganda 😭😭😭👇

8 sentabr kuni Toshkentning Saylgoh ko‘chasida dunyodagi eng katta deb aytilayotgan qariyb 8 tonnalik palov tayyorlangan paytda uning atrofida yig‘ilgan olomon orasida ur-yiqit yuzaga kelgan edi.

Tashkilotchilar tartibsizliklar bois tekin oshni tarqatishni to‘xtatishga majbur bo‘lgandilar.

ВИДЕО: Ўзбекнинг мега-палови Гиннес рекордлар китобига киритилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:42 0:00

Lavashning tarixi juda qadimga borib taqaladi. Bunday turdagi nonni shumerlar, bobilliklar, misrliklar, etrusklar va boshqa Yaqin Sharqda yashagan qadimgi xalqlar tayyorlagan.

An’anaviy yupqa non sifatida dunyoga mashhur – lavash Armaniston, Eron, Turkiya, Qozog‘iston va Ozarbayjonda keng iste’mol qilinadi.

So‘nggi yillarda ushbu tamom o‘zbekistonliklarning ham sevimli tamoiga aylanib ulgurdi.

YuNESKO tashkiloti Armaniston lavashini xalqaro madaniy meros sifatida tan olgan.

Ozarbayjon va Turkiya lavashning Armaniston milliy taomi sifatida tan olinishini rad etib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG