Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:06

Chex shirkati Qirg‘izistonda GES qurishga puli yo‘qligini ochiq tan oldi


Liglass Trading rahbarlari Mixael Smelik (o‘ngda) va Yirji Voytekovski Bishkekdagi matbuot anjumanida. 2017 yil, 18 sentabr.
Liglass Trading rahbarlari Mixael Smelik (o‘ngda) va Yirji Voytekovski Bishkekdagi matbuot anjumanida. 2017 yil, 18 sentabr.

Qirg‘iziston hukumati 18 sentabr kuni o‘tgan shoshilinch yig‘ilishda Chexiyaning Liglass Traiding shirkati bilan GESlar qurilishi bo‘yicha joriy yil 28 iyulida imzolangan shartnomani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Чех ширкати Қирғизистонда ГЭС қуришга пули йўқлигини очиқ тан олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:00 0:00

18 sentabr kuni Liglass Traiding shirkati rahbarlari Bishkekda matbuot anjumani o‘tkazib, 19 sentabrgacha Rossiyaning "RusGidro" shirkatiga va’da qilingan 37 million dollarni to‘lay olmasligini ma’lum qildi.

-Bu masalada sizlarga aniq biron narsa ayta olmaymiz. Biroq jarayon davom etayapti. Bu ishni biz to‘xtatganimiz yo‘q, -dedi shirkatning Markaziy Osiyo dasturi rahbari Yirji Voytekovski.

Qirg‘iziston hukumati Liglass Traiding bilan shartnomani 28 iyulda tantanali ravishda prezident Almazbek Atambaev ishtirokida imzolagan edi.

O‘shanda shirkat Qirg‘izistonda loyihaviy qiymati 500 million dollardan ko‘proqqa baholangan Norin GES kaskadlari va kichik GESlarni qurishni o‘z zimmasiga olgan.

Mazkur GESlarni 2009 yilda Moskva bilan imzolangan shartnomaga muvofiq Rusgidro shirkati qurishi lozim edi. Biroq o‘tgan yili Rossiya iqtisodiy inqiroz ortidan bu GESni qurish majburiyatidan voz kechgan, shundan so‘ng qirg‘iz hukumati Kreml bilan bu borada imzolangan barcha shartnomalarni bekor qilgan edi.

Rossiyaning "RusGidro" shirkati Norin GES kaskadi qurilishining tayyorgarlik bosqichida 37 million dollar mablag‘ sarflaganini iddao qilib, bu qarzni Qirg‘izistondan to‘lashni talab qilib kelgan. Liglass Traiding mazkur qarzni bir oy ichida to‘lashni o‘z zimmasiga olgan edi.

18 sentabrda o‘tgan matbuot anjumanida Liglass Traiding rahbari Mixael Smelik shirkat moliyaviy inqirozga yuz tutganida qirg‘izistonlik faol Edil Baysalov, siyosatchi Feliks Kulov va sobiq bosh vazir Temir Sarievni aybladi.

-Edil Baysalov, Feliks Kulov va Temir Sariev shirkatimiz to‘g‘risida shubhali ma’lumotlarni tarqatgani oqibatida 2 avgustda Londondagi Brekli xalqaro banki bizni moliyalashdan bosh tortdi. Mixael Smelikning “Yunikreditbank”dagi 40dan ortiq hisobi yopilib, tekshiruv o‘tkazilayapti. Hozir telefonga ham 50 yevro to‘lay olmay qoldik, -degan Smelik Edil Baysalovni yolg‘on ma’lumotlarni tarqatganlikda ayblab sudga berishini aytdi.

Edil Baysalov esa Liglass Trading shirkatini yana bir bor tovlamachilikda aybladi:

-Bu shirkatning prezident Almazbek Atambaev ishtirokida imzolangan shartnomadan boshqa hech narsasi yo‘q. Shirkat Qirg‘izistonda juda katta shartnomaga erishganini shov-shuv qilish orqali bizning boyliklarimizni banklarga garovga qo‘yib, yuz millionlik boylikka ega bo‘lishni istagan xolos. Biz Qirg‘izistonni katta tovlamachilik qurboni bo‘lishdan saqlab qoldik, -dedi Edil Baysalov.

18 sentabr kuni kechga yaqin Qirg‘iziston hukumati shoshilinch yig‘ilish o‘tkazib, unda Liglass Trading bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish jarayonini boshlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Liglass Trading Qirg‘iziston hukumati bilan yarim milliard dollarlik shartnomaga erishgani ortidan chex jurnalistlari jurnalistik surishtiruv o‘tkazib, Chexiyada ham, jahonda ham hech kimga ma’lum bo‘lmagan mazkur shirkat bankrot ekani hamda GESlarni qurish salohiyatiga ega emasligini yozib chiqqan edilar.

Biroq shu kungacha shirkat bu ma’lumotlarni inkor qilib kelmoqda.

XS
SM
MD
LG