Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 22:55

Tojikistonda “korrupsiyaga qarshi bosh kurashchi” 15 yilga kesildi


Tojikiston davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi Tergov boshqarmasining sobiq rahbari Firuz Xolmurodzoda.
Tojikiston davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi Tergov boshqarmasining sobiq rahbari Firuz Xolmurodzoda.

Tojikiston Oliy sudi Davlat moliya nazorati va korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi Tergov boshqarmasining sobiq rahbari Firuz Xolmurodzodani 15 yil ozodlikdan mahrum qildi. Mahkumning qarindoshlari hukm 19 sentabr kuni o‘qilganini ma’lum qilishdi.

Ularning aytishicha, sud qaroriga binoan Xolmurodzodaning mol-mulki musodara qilindi, shuningdek, jazoni o‘tab qaytganidan so‘ng besh yil rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etildi.

12 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan sud jarayoning so‘nggi kuni davlat ayblovchisi Firuz Xolmurodzoda 17 yil qamoq jazosiga hukm qilinishini so‘ragan edi. Bu jinoiy ishga “maxfiylik” tamg‘asi bosildi va sud jarayonlari yopiq eshiklar ortida bo‘lib o‘tdi.

U bilan birga pora olish va firibarlikda ayblangan aksilkorrupsiya idorasining besh nafar sobiq xodimi ham sud o‘rindig‘ida o‘tirdi. Ularning hammasi turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilindi.

Sudlanayotgan olti kishining hammasi adolatli hukm chiqarilishiga va sud tomonidan yengillik bo‘lishiga umid qilishgan edi.

Eslatib o‘tamiz, korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoraning sobiq 10 nafar xodimi ustidan sud eshituvlari 19 iyul kuni Tojikiston Oliy sudida boshlangan edi. Sud o‘rindig‘ida aksilkorupsiya muassasasining nafaqat sobiq xodimlari, balki avval agentlikda ishlagan Bojxona xizmati va Bosh prokuraturaning uch nafar xodimi ham bor edi.

XS
SM
MD
LG