Линклар

Шошилинч хабар
13 ноябр 2019, Тошкент вақти: 04:10

OzodMikrofon: Qozog‘istonda o‘g‘lini yo‘qotib qo‘ygan buxorolik ayol yordam izlamoqda


Umida Hamroevaning yolg‘iz o‘g‘li - 15 yashar Asilbek Hamroev.

Qozog‘istonning Atirau viloyatiga ishlagani borgan buxorolik 40 yashar Umida Hamroeva yolg‘iz o‘g‘li - 15 yashar Asilbek Hamroevni qidirmoqda. Ayolning Ozodlikka iddao qilishicha, avgust oyida o‘g‘lini ish beruvchining oilasida qoldirib, O‘zbekistonga borishga majbur bo‘lgan, qaytganida esa bolasining g‘oyib bo‘lganini aytishgan.

Ozodlik bilan suhbatda Umida Hamroeva shu yilning 6 avgustida o‘g‘lini o‘zi ishlab turgan xonadon egalariga tashlab ketishga majbur bo‘lganini iddao qilmoqda:

- O‘zbekistondan qo‘ng‘iroq qilib, singlimning saraton kasaliga chalinganini aytishdi. Ketishga majbur bo‘ldim, lekin o‘g‘limni olib ketgani pulim yo‘q edi. Buning ustiga uni olib borsam, maktabda o‘qishi kerak, deb chegaradan chiqishiga ruxsat berishmasdi. Xozyaindan (u ishlab turgan oila boshlig‘i - tahr) qoldirsam maylimi, deb so‘radim. "O‘zimning bolamday qarab turaman, qo‘y boqib yuradi yonimda" dedi. Qoldirib ketgandim. Kelsam: "Bolang 2 sentabrda chiqib ketib qoldi. Qaerga ketganini bilmaymiz", deyishdi. Militsiyaga ariza yozdim, ikki haftadan beri yo‘q bolam, - deydi zor-zor yig‘lagan ayol.

Umida Hamroevaning iddaosicha, 15 yashar o‘g‘li Asilbekni yolg‘iz o‘zi katta qilmoqda, Buxoroda uning uy-joyi, yaqini yo‘q. 2012 yildan buyon davlat idoralariga qilayotgan murojaatlari esa natijasiz qolmoqda.

- Men Buxoroga borganimda, onam prezidentning portaliga yozsang, balki senga uy berishar, deb qoldi. Men portalga yozdim va javobini kutib, kech qolib ketdim. Agar bunday bo‘lishini bilsam, o‘g‘limni tashlab ketmasdim, - deb da’vo qiladi Umida Hamroeva.

Shu bois, o‘g‘li bilan Qozog‘istonning Atirau viloyatidagi Jilioy tumanining Bekjol qishlog‘idagi fermerlardan birining uyida ishlab kelayotgan bo‘lgan.

Ozodlikka aytishicha, Umida uyida ishlayotgan fermer va uning yaqinlari Asilbek ahvoli yaxshi ekanligi, aftidan, tuman markazidagi Kulsari shaharchasida yurgan bo‘lishi mumkinligini aytib, uni yupatmoqda.

Қозоғистонда ўғлини йўқотиб қўйган бухоролик аёл ёрдам изламоқда
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:00 0:00
Бевосита линк

Ozodlik hozirda bu ayolga ish bergan oila va Atirau militsiyasi bilan bog‘lanib, qo‘shimcha tafsilotlarni aniqlashga urinmoqda. Yangiliklarni saytimizda kuzating.

Agar, Asilbek Hamroev haqida sizda ma’lumotlar bo‘lsa, marhamat, Ozodlikka yoki Umida Hamroevaga bog‘laning!

Ozodlik, Telegram, WhatsApp: +420 724 971 539

Umida Hamroeva: +777 16 02 90 22

XS
SM
MD
LG