Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 10:43

O‘zbek olimi Rossiyada ilk bor rangli paxta navini yaratdi (VIDEO)


Professor Oybek Kimsanboev va rangli paxta
Professor Oybek Kimsanboev va rangli paxta

Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor Oybek Kimsanboev, Rossiya iqlimi sharoitida dunyoda ilk bor rangli paxta navini yaratishga muvaffaq bo‘lganini aytadi.

Oybek Kimsanboevning Ozodlikka ma’lum qilishicha, Rossiyada 5 yil davomida laboratoriya va dala sharoitlarida olib borgan tadqiqotlari natijasida foksfayber (sariq), qumrang, xakki (och yashil) va yashil rangli paxta navlarini yaratgan.

U so‘zining isboti sifatida o‘zi yaratgan rangli paxta navlarining video tasvirlarini Ozodlikka taqdim qildi.

Ўзбек олими Россияда илк бор рангли пахта навини яратди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:18 0:00

Tadqiqotlar professor Oybek Kimsanboev boshchiligidagi Volgograd Davlat agrar universiteti olimlari tomonidan universitet qoshidagi paxta genentikasi, seleksiyasi va urug‘chiligi ilmiy tadqiqot markazida olib borilgan.

43 yashar Oybek Kimsanboevning aytishicha, ilk bor rangli paxtani Rossiya iqlimiga mos dala sharoitida 2017 yilda yetishtirishga muvaffaq bo‘lgan.

Ikki yil muqaddam Oybek Kimsanboev boshchiligidagi Volgograd Davlat Agrar Universiteti olimlari sovuq shimoliy iqlimga maxsus moslashtirilgan paxta navini yetishtirgan edi.

Rangli paxta foydasi?

Oybek Kimsanboev yetishtirgan rangli paxta
Oybek Kimsanboev yetishtirgan rangli paxta

Oybek Kimsanboevning bildirishicha, rangli paxtaning yaratilgani yaqin kelajakda yuqori sifatli paxta tolasini yetishtirish imkonini yaratadi.

-Bu esa, birinchidan, organik paxta segmentida bozor talablariga to‘g‘ri keladigan xom ashyo yaratish imkonini beradi. Ikkinchidan, bu kashfiyot dunyoda tabiiy seleksiya asosida “umniye tkani” (“aqlli matolar”) ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga imkoniyat beradi, – dedi Oybek Kimsanboev.

Uning ishonishicha, rangli paxtaning yaratilishi sanoatda ishlatiluvchi paxta mahsulotlari tannarxini tushirishga xizmat qilaldi.

-Misol uchun, ishlab chiqarishda paxtani bo‘yash uchun bir kvadrat metrga 2 dollar sarflanadi. Bu xarajat faqat kimyoviy bo‘yoqni hisoblaganda. Bu yerda men suvni, elektr energiyani, xom ashyoni tayyorlash jarayonidagi boshqa xarajatlarni hisoblayotganim yo‘q, – deydi Oybek Kimsanboev.

O‘zbekistonlik olim uning kashfiyoti, shuningdek, paxtaga asoslangan boshqa ishlab chiqarish sohalari, jumladan yengil sanoat, tibbiyot va harbiy sanoatga katta manfaat keltirishiga ishonishini aytdi.

Seleksioner olim

Oybek Kimsanboev Toshkent davlat agrar universitetini 1995 yilda tugatgan.

1998 yil fan nomzodi, 2008 yilda doktorlik ilmiy darajasiga erishgan.

O‘zbekistonlik olim 2013 yildan buyon Volgograd Davlat agrar universitetida professor lavozimida ilmiy izlanishlar olib boradi.

Rossiya paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchimamlakat hisoblanmaydi.

O‘zbek olimining kashfiyoti kelajakda Rossiyaning paxta yetishtiruvchi mamlakatlar qatoriga kirish urinishlariga yordam berishi mumkin.

XS
SM
MD
LG