Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 09:26

Andijon hokimi: Talaba, o‘qituvchi va shifokorlarning dalaga chiqarilishi jinoyat!


Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov 22 sentabr kuni viloyat hokimligida o‘tkazilgan majlisda maktab va kollej o‘qituvchilari, o‘quvchi va talabalari hamda tibbiyot xodimlarining dala mehnatiga jalb etilishi jinoyat ekani, bunday xol aniqlangan taqdirda xodimlarni dalaga chiqargan rahbarlar nafaqat lavozimidan ayrilishi, balki jinoiy javobgarlikka tortilishi haqda ogohlantirdi.

Viloyat hokimining bunday ogohlantiruvi O‘zbekistonda talabalarning paxtadan qaytarilishi ortidan yangardi.

Bir kun avval O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov paxta dalalaridagi talabalar, o‘qituvchi va shifokorlarni qaytarishga buyruq bergan edi.

“Bugundan boshlab Andijon viloyati bo‘yicha, chunki men Andijon bo‘yicha javob beraman, 18 yoshga to‘lmagan fuqaro, byudjet tashkiloti xodimlari, asosan maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilari, xodimlari, tibbiyot xodimlari, vrachlar, hamshiralar, kollej xodimlari, o‘qituvchilari, o‘quvchilari, shularni birortasi dalaga chiqishi bu jinoyat. Va oliy o‘quv yurti talabalari va o‘qituvchilari ham bunga kiradi. Qaysi tumanda, qaysi sektorda mana shu toifa odamlar paxta terib yurgani aniqlansa rahbariga nisbatan nafaqat lavozimidan ketish balki jinoiy javobgarlikka tartilishi haqida ogohlantiraman”, - dedi Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov.

Andijon viloyat hokimi o‘z chiqishida daladan qaytarilgan talabalar o‘rniga endi uyda ishsiz o‘tirganlar paxtaga jalb etishda mahalliy imomlar, otin oyilar va maktab hamda kollej rahbarlaridan yordam so‘radi.

“Hurmatli otin oyilarimiz, hurmatli imomlarimiz, hurmatli maktab direktorlari, bog‘cha mudirlari sizlar ishingni qilinglar, lekin mahallada eshikma-eshik yurib, menga odam jalb qilish bo‘yicha hammalaringiz guruh bo‘lib yurasizlar, - dedi hokim.

Hokim paxta terganlarga uy va imtiyozli kredit va’da qildi

O‘z chiqishida Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonov paxtani tergan ishsizlarga ish topib berishni, tadbirkorga imtiyozli kreditlarni, ayollarga arzon uylarni va’da qildi.

“Men yosh oilaman, paxtani qattiq teraman, tergan pulimni ham uy-joyga o‘tkazaman, yordam bering uy olishga", desa beramiz, "men yosh oilaman tovuq boqmoqchiman, sigir boqmoqchiman", desa imtiyozli kreditga olib beriladi. O‘tgan yili 230 so‘m, bu yil dalani ustida 410 so‘m, yangi beli sinmagan elliktaliklarni beryapmiz. Nega uyda bekor o‘tirgan opajonlar yordam bermaydi. Bolasi bo‘lsa dala bog‘chalari ochib bolasini boqtirib ham beramiz. 410 so‘mdan pul bersak, tersin. Mahalladagilar chiqing uydan, ishsiz o‘tiribsiz hammang, chiqing dalaga, o‘n kun tersang 400 ming so‘m, 20 kun tersang 800 ming so‘m. Ishlaysan, biz sizga kafolat beramiz, paxta terimi tugaganidan keyin kafolatlangan ish joyi bilan taminlashga albatta yordam beriladi. Imtiyozli kredit olib beramiz, kerak bo‘lsa. Qars ikki qo‘ldan chiqadi, sen qilasan biz ham qilamiz, sen qilmaysan biz ham qilmaymiz”, - dedi Shuhratbek Abdurahmonov.

Andijonlik Hayotulloning Ozodlikka aytishicha, viloyatda talaba, o‘qituvchi va shifokorlar paxta terimidan qaytarilgach mahalla faollari uyma-uy yurib terimchilar ro‘yxatini tuzishga kirishgan.

-O‘n kunga yotog‘i bilan paxtaga borishlaring shart deyapti. Paxtaga borolmayman, ishim qolib ketadi, deganlardan kuniga 10 ming so‘mdan 10 kunlik terim uchun 100 ming so‘m pul so‘ralmoqda, - deydi Hayotullo.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:14 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistondagi hokimlar bundan oldin ham o‘qituvchi va shifokorlarni paxtaga va dala yumushlariga olib chiqmaslikni va’da qilgan.

Jumladan Surxondaryo viloyat hokimi Erkinjon Turdimov o‘qituvchi va shifokorlarning dala ishlariga, ko‘chada qator bo‘lib obodonchilik ishlari bilan shug‘ullanishiga to‘liq barham beramiz, deb avgust oyida aytgan edi.

- Takrorlab aytaman: Surxondaryoda na o‘qituvchi, na shifokor paxta yig‘im-terimiga jalb qilinmaydi. Birovga yaxshi ko‘rinish, rejani bajarish uchun boshqalarni majburlab paxtaga olib chiqish — noinsoflik! “— degan edi viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.

Namangan va Jizzax hokimlari ham shunga o‘xshash bayonotlar qilgan, lekin shunga qaramay shu va boshqa viloyatlarda bu yil ham shifokorlar va o‘qituvchilar paxtaga haydaldi.

XS
SM
MD
LG