Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 16:15

Tramp muhojirlik to‘g‘risidagi qarorini o‘zgartirishi kutilmoqda


AQSh prezidenti Donald Tramp asosan musulmonlar yashaydigan oltita davlatdan kelayotgan muhojirlarni Qo‘shma Shtatlarga kiritmaslik qarorini o‘zgaritishi kutilmoqda. Buning o‘rniga u AQShning ekstremistlar bo‘yicha talablarini bajarmagan davlatlarni mo‘ljalga oluvchi yangi qaror imzolaydi.

Eron, Suriya, Sudan, Livan, Somali va Yaman fuqarolariga AQSh vizasini berishga qo‘yilgan to‘siq 24 sentabr kuni tugaydi.

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti Trampga muddati tugab qolgan cheklovni almashtirish bo‘yicha maslahat bergan. Ammo rasmiylarning bildirishicha, prezident hali bir qarorga kelgani yo‘q.

AQSh Ichki xavfsizlik departamentining amaldagi kotibi Eleyn Dyuk “qat’iy va muayyan davlatlarni mo‘ljalga oluvchi, jumladan, sayohat qilish bo‘yicha cheklovlar va ayrim davlatlarni yaxshiroq tekshirish choralarini o‘z ichiga olgan yangi” strategiyani taklif qilgan. Bu haqda kotibning maslahatchisi Maylz Teylor bildirdi.

Teylor qaysi davlatlar mo‘ljalga olinishi yoki ular orasida hozirda cheklov kiritilgan olti davlat bor yoki yo‘qligini ochiqlashdan bosh tortdi.

Prezident Tramp aksar aholisi musulmon bo‘lgan olti davlat fuqarolarini AQShga vaqtincha kiritmaslik to‘g‘risidagi qarorni mart oyida imzolagan edi. Qarorni bir necha oy davomida AQSh sudlari blokladi. Nihoyat, iyun oyida AQSh Oliy sudi ayrim cheklovlar bilan uni ma’qulladi.

Teylorga ko‘ra, Tramp ko‘rib chiqayotgan yangi cheklovlarga binoan, qaysi davlatlar fuqarolarini AQShga kiritimaslik qarori ular Vashingtonning xavfsizlik talablarini bajarish-bajarmasligiga asoslanib qabul qilinadi.

Teylor iyul oyida AQSh hukumati barcha xorijiy davlatlarni 50 kun ichida sayyohlarning kimligini tekshirish hamda ular milliy xavfsizlikka tahdid solmasligini aniqlash bo‘yicha AQSh talablarini amalga oshirishga rozi ekanliklarini bildirishlarini so‘ragan.

Teylorning aytishicha, aksar davlatlar ko‘rsatilgan talablarga amal qilishga rozi bo‘lgan. Ammo bu talablarni bajarishdan bosh tortgan davlatlar fuqarolari AQShga kiritilmaydi.

- Biz mamlakatimizga kimlar kelayotganini bilishimiz kerak. Ularning shaxsiyatini tekshira olishimiz hamda xorijiy hamkorlarimiz bu shaxslar AQShga tahdid solishi mumkinligi haqida ma’lumotga ega emasligini tasdiqlay olishimiz kerak, - dedi Teylor.

15 sentabr kuni Tramp Twitterda hozirgi cheklovlardan “yirikroq, qat’iyroq va aniqroq cheklovlarni” joriy qilishni xohlashi haqida yozdi.

10 oktabr kuni AQSh Oliy sudi mamlakatdagi quyi sudlari qaror qilgandek, hozirgi cheklovlar musulmon davlatlarga qarshi diskriminatsiyami yoki yo‘qligini ko‘rib chiqadi.

AQShning mazkur qarori tanqidchilari u diniy erkinlikni kafolatlovchi AQSh konstitutsiyasiga zid ekanligini aytib keladi.

Tramp o‘z saylov kampaniyasi davomida AQShga musulmonlarni butunlay kiritmaslikka chorlagan edi. Ammo uning ma’muriyati prezident mart oyida imzolagan qaror musulmonlarni mo‘ljalga olmasligini ta’kidlab keladi.

XS
SM
MD
LG