Линклар

Yaqinda o‘tkazilgan izlanish natijalariga ko‘ra, 2-tipdagi diabetga chalingan ayollar vazn yo‘qotishida kaloriyasi oz bo‘lgan shakarsiz ichimliklardan ko‘ra oddiy suv ko‘proq natija beradi.

Nottingem universiteti hamda Tehron tibbiyot universiteti o‘tkazgan izlanish natijalari “Diabet, semizlik va metabolizm” jurnalida chop etildi.

Izlanishda 81 nafar 2-tipdagi diabetga chalingan ayollar qatnashgan.

Izlanish natijalari 24 hafta davomida tushlikdan keyin suv ichgan ayollar kaloriyasiz ichimlik ichgan ayollarga solishtirganda o‘rtacha 1,16 kg ko‘proq vazn yo‘qotganini ko‘rsatdi.

Qolaversa, suv ichgan ayollarda insulinga nisbatan ta’sirlanuvchanlik oshgan.

Shu sabab izlanish mualliflari vazn yo‘qotishga harakat qilayotgan semiz ayollarga kaloriyasiz ichimliklar o‘rniga oddiy suv ichishi tavsiya qilishdi

XS
SM
MD
LG