Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 12:21

Namanganning Kosonsoy va Jalolobodning Olabuqa tumanidagi chegara o‘tkazish punkti ochildi


O‘sh va Andijon o‘rtasidagi "Do‘stlik" chegara punkti 5 sentabrda tantanali ochilgan edi.
O‘sh va Andijon o‘rtasidagi "Do‘stlik" chegara punkti 5 sentabrda tantanali ochilgan edi.

Baymaq O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida mavjud 15 ta chegara bekati orasida yettinchi bo‘lib ochilgan chegara o‘tkazish-punkti bo‘ldi.

Наманганнинг Косонсой ва Жалолободнинг Олабуқа туманидаги чегара ўтказиш пункти очилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:58 0:00

Namanganning Yangiqo‘rg‘on tumanidan bo‘lgan 65 yoshli Hayirxon Inomovani Qirg‘iziston chegarasidan o‘tish uchun navbatda turgan paytda uchratdik.

U Qirg‘izistonning Olabuqa tumaniga turmushga chiqqan singlisini ko‘rgani kelayotgan ekan. Hayrixon opaning aytishicha, u singlisini bundan 8 yil avval ko‘rgan. Shuning uchun ham uning hayajoni cheksiz.

-Bu kun biz uchun juda quvonchli kun. Biz bu kunlarni uzoq yillar intiqib kutgan edik, -dedi Hayroxon Inomova.

Qirg‘izistonning Olabuqa va O‘zbekistonning Kosonsoy tumanlari o‘rtasida joylashgan Baymoq chegara o‘tkazish punktini ochish to‘g‘risidagi qarorni qirg‘iz hukumati 16 sentabrda qabul qildi. Biroq O‘zbekiston tomoni tayyorgarlik ishlari uchun bir oz muddat so‘ragani bois, chegara punkti rasman 19 sentabrdan ish boshladi.

-Bu yerdan faqat ikki idavlat vatandoshlarigina o‘tkaziladi. Uchinchi davlat vatandoshlariga bu yerdan o‘tishga ruxsat yo‘q. O‘tkazish tartibi faqat kunduzi amal qiladi. O‘zbekiston bilan kelishuvga muvofiq ertalab soat sakkizdan 18gacha o‘tkazamiz. Shundan boshqa hech qanday cheklov yo‘q. Bu yerdan yengil avtomashinalar ham o‘tishi mumkin. Lekin buning uchun haydovchi mashina o‘ziga tegishli ekanini hujjatlar bilan isbotlashi kerak. Yuk olib o‘tish mumkin emas. Har bir odam o‘zi bilan faqat 5 kilogacha bo‘lgan shaxsiy buyumlarini olib o‘tishi mumkin, -dedi Baymoq chegara o‘tkazish punkti boshlig‘i Bakitbek Jangaziev.

Chegara ochilganidan beri bu yerdan kuniga kamida 500 odam o‘tmoqda. Chegaradan o‘tish uchun navbat kutayotgan Eshenkul To‘lo‘shev O‘zbekistonga qarindoshlarini ko‘rishga ketayotganini aytdi:

-Men Olabuqa tumanidan O‘zbekistonga qarindoshlarimini, quda-andalarimni ko‘rgani ketayapman.Chegarani ochganlarga ming raxmat. Chegaralar yopilganidan keyin qarindoshlarimiz bilan 10-20 yillab ko‘risha olmay qolgan edik. Xatto vafot etgan yaqinlarimizni ham so‘nggi manzilga kuzatolmadik. Hozir chegaradan o‘tishda hech qanday cheklovlar yo‘q, - dedi Eshenkul To‘lo‘shev.

Olabuqa va Kosonsoy tumanlari o‘rtasidagi Baymak chegara-o‘tkazish punkti 2010 yilda yopilgan edi. Chegaraning ochilishi bilan Olabuqa tuman rasmiylari chegaraoldi savdosi ham chegaralar yopilguniga qadar bo‘lgan holatga qaytishiga umid qilmoqda.

-Bizning tumanimiz tog‘li hududda joylashgani uchun chorva mollari ko‘p boqiladi. O‘zbekistonliklar bizdan go‘sht va chorva mollarini sotib olib ketar edi. Chegara yopilganidan keyin qoramol narxi ham arzonlab, bozor kasodga uchragandi. O‘zbekistondan esa bizga meva-sabzovot kelardi. Chegaraning ochilishi bilan dehqonlarimizning ham bozori yurishib qoladi, deb umid qilayapmiz, -dedi Olabuqa tuman hokimi o‘rinbosari Kalchabu Usenova.

Prezident Shavkat Mirziyoevning Bishkekka 5-6 sentabrda qilgan davlat tashrifi ortidan 6 sentabrda O‘sh va Andijon o‘rtasidagi “Do‘stlik” chegara punkti tantanali ravishda ochilgan edi. Shundan so‘ng ikki davlat chegarasidagi yana 6ta chegara punkti to‘laqonli ishga tushirilgani xabar qilingan.

Shu kungacha qolgan 8 ta chegara o‘tkazish punkti yopiq qolmoqda. Qirg‘iz rasmiylariga ko‘ra, yaqin kunlarda Jalolobod va Andijon viloyatlari o‘rtasidagi Suzoq chegara punktining ochilishi ham kutilmoqda. Qolgan chegara –o‘tkazish punktlarining qachon olchilishi esa hozircha noma’lum bo‘lib qolayotir.

XS
SM
MD
LG