Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:24

Tanqidiy kitobi ortidan qidiruvga berilgan Nurullo Otaxonov O‘zbekistonga yo‘l oldi


Yozuvchi Nurillo Otaxonov
Yozuvchi Nurillo Otaxonov

“Oq bino oqshomlari” hikoyasi va shu hikoya asosida suratga olingan badiiy filmi bilan tanilgan bir necha kitob muallifi¸ 63 yashar yozuvchi Nurullo Otaxonov (Nurulloh Muhammad Raufxon) O‘zbekistonga qaytishga qaror qildi.

So‘nggi ikki yilda Turkiyada yashayotgan yozuvchi “O‘zbekiston havo yo‘llari” shirkatining seshanba kungi Istanbul -Toshkent uchog‘iga chiqishdan oldin Ozodlik bilan suhbatda O‘zbekiston prezidentining chet ellardagi vatandoshlar yurtga qaytsin degan chaqirig‘iga javoban qaytayotganini aytdi.

Otaxonov 26 sentabr kuni Toshkentga uchadi
Otaxonov 26 sentabr kuni Toshkentga uchadi

Nurullo Otaxonovga ko‘ra¸ u bundan ikki yil oldin Istanbuldagi Ferfir nashriëti taklifiga ko‘ra Turkiyaga kelgan:

‒ Bu nashriyot kitobim taqdimotiga va kitobxonlar bilan uchrashishga meni chaqirgan edi. Ammo tadbirlar kechikkani bois Turkiyada uzoqroq qolishimga to‘g‘ri keldi. Bu orada mamlakat mustaqilligining dastlabki 25 yilini o‘z ichiga olgan “Bu kunlar” kitobini e’lon qildim. Bu kitob chop qilinishi ortidan muammolar boshlandi. Ko‘p do‘stlarim menga vatanga qaytmay turishni maslahat berishdi¸ deydi suhbatdosh.

Otaxonovni istalmagan kishiga aylantirgan kitob
Otaxonovni istalmagan kishiga aylantirgan kitob

"Bu kunlar" asarida yozuvchi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov asos solgan rejimga, mamlakatda shakllangan yakkahokimlik tuzumiga va butun jamiyatda urchib xavfli tus olib borayotgan ulkan yolg‘onga qarshi keskin munosabat bildirgan.

Yozuvchi Istanbulda ikki yil yashadi
Yozuvchi Istanbulda ikki yil yashadi

Ushbu kitob, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligida ishlaydigan xodimga ko‘ra, O‘zbekistondagi taqiqlangan asarlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Ozodlikka yetib kelgan maqola va audio tasmalarda shu kunlarda elektron varianti ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pchilik tomonidan o‘qilgan va hamon o‘qilayotgan ushbu asar muallifiga "vatan xoini" va "yurt dushmani" kabi tamg‘alar urilayotganini ko‘rish mumkin.

O‘tgan yili Andijon shahar «Uyg‘ur» jome masjidi imom xatib noibi “Bu kunlar” romaniga qarshi maqolani internetda e’lon qilib¸ yozuvchini sotqinlikda ayblagan edi.

O‘tgan oy yozuvchining Toshkentda yashayotgan oilasi uning hanuz qidirilayotganlar qora ro‘yxatida ekanini bilib qolgan.

Nurullo Otaxonov eski tushunchalarning sinishi qiyinligini aytish barobarida O‘zbekistondagi erkinlik shabadalari esayotganini ham unutmaslik kerakligini ta’kidladi.

"Jomadon tayyor" deydi yozuvchi
"Jomadon tayyor" deydi yozuvchi

Nurullo Otaxonov Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanidagi Oyimcha Qaqir qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent Davlat universitetining o‘zbek filologiyasi bo‘limini tamomlagan. “Yo‘l boshida” “Dunyo keng”, “Shu yerlik kishi” kabi qissa va hikoyalar to‘plamlari orqali tanildi.

Yozuvchining sevgi mavzusidagi “Oq bino oqshomlari” hikoyasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, “Yilning eng yaxshi hikoyasi” deb topilgan edi.

Ushbu hikoya asosida “Oq bino oqshomlari” badiiy filmi suratga olingan. Yozuvchi turk, gurji, xitoy va rus adabiyotidan bir qator asarlar tarjima qilgan. Jumladan, yozuvchi Temur Po‘latovning “Taroziy toshbaqasi” (“Cherepaxa Tarazi”) romani hamda “Shinavanda” (“Zavsegdatay”) qissasi ham Otaxonov tarjimasida o‘zbek kitobxoniga yetib borgan yozuvchi keyingi 25 yil mobaynida “Yoshlik” (Bo‘lim mudiri), “Mushtum” (Mas’ul kotib), “Sharq yulduzi” (Bo‘lim mudiri), “Hidoyat” (Bosh muharrir) kabi turli jurnallarda hamda “Movarounnahr” nashriyotida (Bosh direktor) ishlab kelgan.

Otaxonovning “Ozodlik”ka aytishicha¸ 2013 yil oxirida ochiq aytilmagan sabablarga ko‘ra birdan “Movarounnahr" nashriyoti Bosh direktorligi hamda “Hidoyat” jurnali Bosh muharrirligidan bo‘shatilgan va shuning ortidan iqtidor uchun istalmagan kishiga aylangan.

Қора рўйхатга кирган ëзувчи Нурилла Отахонов Ўзбекистонга йўл олди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:17:42 0:00

Nurullo Otaxonov O‘zbekiston yangi prezidentining 20 sentabr kuni Nyu-Yorkda o‘zbekistonliklar bilan uchrashuvda qilgan “chetdagi vatandoshlar O‘zbekistonga qaytsin” degan chaqirig‘idan ruhlanib¸ O‘zbekistonga qaytishga qaror qilgan ilk taniqli shaxsdir.

Ozodlik Nurulla Otaxonovning O‘zbekistonga qaytish jarayonini yaqindan kuzatishda davom etadi.

XS
SM
MD
LG