Линклар

16 декабр 2017, Тошкент вақти: 08:14

Leningrad viloyat, Lomonosovskiy tuman sudi 59 yoshli rus ayolni o‘ldirganlikda ayblanayotgan 24 yashar o‘zbekistonlikni 2 oyga hibsga olish to‘g‘risida qaror chiqardi. Tergov qo‘mitasi gumonlanayotgan o‘zbekistonlikning shaxsiga oid ma’lumotlarni yashirayotgani yo‘q. Kechadan buyon uning Zuhriddin Bo‘riev ekanligi, u "o‘g‘irlab mingan "Hyundai Creta" avtomashinasi yukxonasidan jasad topilgani" to‘g‘risida Rossiya ommaviy axborot vositalari xabar qilmoqda.

Zuhriddin Bo‘riev 59 yashar peterburglik ayolni avval zo‘rlab, keyin o‘ldirganlikda ayblanmoqda.

Viloyat tergov qo‘mitasi boshqarmasi 1993 yilda tug‘ilgan Bo‘riev Zuhriddinga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat Kodeksining 105- modda, 1 qismi – “Qotillik” asosida jinoiy ish ochdi.

- Bu erkak hibsga olindi. Jinoiy ish yuzasidan jinoyat sabablarini aniqlashga qaratilgan zaruriy tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Tergovchilar bir qancha aniq isbot-dalillarni qo‘lga kiritdi. Ular yuzasidan ekspertizalar tayinlandi. Hozircha bizning talabimiz bilan Lomonosovskiy tuman sudi uni 2 oyga tergov yakuniga qadar hibsga oldi, dedi Ozodlikka Leningrad viloyati Bosh tergov qo‘mitasining matbuot xizmati vakilasi Loretta Balabanova.

Tergov qo‘mitasi keltirayotgan dastlabki taftish xulosalariga ko‘ra, 23 sentabr kuni Lomonosov tuman, Cheremikino qishlog‘iga qo‘ziqorin tergani chiqqan Olga Tochyonix yo‘qolib qoladi.

Dastlabki tergov xulosasi
Dastlabki tergov xulosasi

Uni qidirgani yo‘lga chiqqan ayolning 59 yashar eri va 36 yashar o‘g‘li yo‘lda ro‘parasidan Olgaga tegishli Hyundai Creta o‘tib qolganini ko‘rib, uni quvishga tushgan. Katta tezlikda “Mersedes”dan qochib ketayotgan mashina yo‘lda 6 ta boshqa avtomobil bilan to‘qnashib ketadi.

Hodisa joyiga yetib kelgan organ xodimlari guvohlar yordamida avtohalokatni yuzaga keltirgan “Hyundai” avtomobildan birorta hujjati yo‘qligi va o‘zbekistonlik ekani aniqlangan muhojirni tushirgan. Tekshiruv paytida yukxonadan bu avtomashina egasi bo‘lgan 59 yashar Olga Tochyonix ismli ayol jasadi topilgani aytiladi tergov xulosasida.

Internet tarmoqlarida hodisa joyida o‘zbekistonlikni kaltaklab, so‘roqqa tutayotgan odamlar tasvirlangan video paydo bo‘ldi:

Error rendering VK.

- Ism-familiyangni ayt.

- Bo‘riev Zuhriddin...

- Bagajnikdagi jasad qaerdan kelib qoldi?

- Nima? Men ruscha yaxshi bilmayman.

- Odamni sen o‘ldirdingmi? Kim o‘ldirdi?

- Yo‘q. Tojik o‘ldirdi.

-Sen uni o‘ldirganini o‘z ko‘zing bilan ko‘rdingmi?

- Maks, o‘lik yukxonada, bu bola – mashinani o‘g‘irlagan. Anovi bolaning onasini o‘ldirib, yukxonaga tiqib qo‘yibdi. Sen hayvonsan, bildingmi! – deydi og‘iz-burni qonga belanib, ruscha gapirishini bilmasligini aytib turgan o‘zbek muhojirini politsiyachi qo‘liga topshirgan shaxs.

Hodisa guvohlariga ko‘ra, Zuhriddinni mashinadan tushirib urganlar Yo‘l-harakati xavfsizligi xodimlari bo‘lgan. Guvohlarning bu haqdagi ko‘rsatmasi Internet tarmog‘ida paydo bo‘ldi.

Zuxriddin hodisa joyida politsiya xodimlari tomonidan kaltaklandi
Zuxriddin hodisa joyida politsiya xodimlari tomonidan kaltaklandi

O‘ldirilgan ayolning turmush o‘rtog‘i Dmitriy va o‘g‘li Aleksandr Peterburgdagi “Alveto” qurilish dizayni kompaniyasi egalari ekani ma’lum bo‘ldi.

Sudda mashinadan topilgan jasadning polietilen paketga o‘ralgan boshi yorilgani, bo‘ynida arqon izlari borligi ma’lum qilindi. Avtomobil yukxonasida, shuningdek, tosh, arqon va belkurak ham topilgan.

Avtohalokatga uchragan mashina yukxonasidan murda topildi (Aleksandr Petrov/ VKontakte)
Avtohalokatga uchragan mashina yukxonasidan murda topildi (Aleksandr Petrov/ VKontakte)

Politsiyada so‘roqqa tutilgan Zuhriddin u boshqarib ketayotgan mashina bagajnigida murda topilganini tarjimon orqali tushuntirishga uringan:

Zuhriddinning aytishicha, u o‘rmonda qo‘ziqorin terib yurgan. Shu payt bir notanish shaxs daraxtzorda bir ayolni zo‘rlayotganini ko‘rib qolgan. Zo‘ravon Zuhriddinga tosh bilan tahdid qilib, uni ham ayolni zo‘rlashga majburlagan, keyin ayolning jasadini “Hyundai”ga yuklab, uni ko‘mib kelishga majburlagan, shundan so‘ng Zuhriddin yo‘l-yo‘lakay avtohalokatga uchragan.

O‘zbekistondan 3 yil oldin kelgan Bo‘riev tayinli ish joyi bo‘lmagani, atrof qishloqlarda turli yumushlarni bajarib, kun kechirib kelgani sud zalida e’lon qilindi.

Tergov ishlari davom etmoqda.

XS
SM
MD
LG