Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 19:31

"O‘zbekiston" radiosining sobiq muharriri Kievda qamoqqa olindi


Jurnalist Nazrullo Oxunjonov.
Jurnalist Nazrullo Oxunjonov.

“O‘zbekiston” radiokanali “Yangi jamiyat” studiyasining Siyosiy, huquqiy va ma’rifiy eshittirishlar bo‘limi sobiq mudiri Nazrullo Oxunjonov Ukrainaga siyosiy boshpana izlab kelgani ortidan hibsga olindi. Bosh qarorgohi Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi Kiev rasmiylaridan Oxunjonovni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilmaslikni iltimos etmoqda.

Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo‘mitasi 27 sentabr kuni Ukraina hukumatiga murojaat qilib, o‘zbekistonlik jurnalist Nazrullo Oxunjonovni hibsdan ozod qilishga chaqirdi.

Oxunjonovning advokati Aleksey Fedorov Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasiga o‘z himoyasidagi odam O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinishi mumkinligini aytgan.

27 sentabr kuni Kiev sudi 2013 yildan beri O‘zbekistondan tashqarida yashashga majbur bo‘lib kelayotgan Oxunjonovni tergov yakunlanguniga qadar 40 kunlik muddatga hibsda saqlash qarorini chiqardi.

Nazrullo Oxunjonov 20 sentabr kuni siyosiy boshpana olish maqsadida Turkiyadan Kievga uchib kelgan paytda qo‘lga olingan. Ukraina hukumatining bildirishicha, Oxunjonovning hibsga olinishiga uning ismi-sharifi Interpol tomonidan qidiruvga berilgan shaxslar ro‘yxatida qayd etilgani sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston huquq - tartibot tuzilmalari Nazrullo Oxunjonovni tovlamachilikda ayblab xalqaro qidiruvga bergan.

Advokat Fedorovning aytishicha, Oxunjonovning o‘zi bu ayblovlarni inkor qilmoqda va siyosiy sabablar bilan O‘zbekistonni tark etishga majbur bo‘lganini aytmoqda.

“Biz Ukraina hukumatini Nazrullo Oxunjonovni ozod etishga, uning Ukrainada qolishiga ruxsat berishga va uning ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi talablarni ijobatsiz qoldirishga chaqiramiz. Oxunjonov O‘zbekistonda jurnalistik faoliyati uchun jiddiy tahdidlari ostida qamoqqa hukm qilinishi mumkin. O‘zbekistonda jurnalistlarni tanqidiy nuqtai nazarlari uchun ta’qib qilish odatiy holatga aylangan”, dedi Jurnalistlarni himoya qilish xalqaro qo‘mitasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Nina Ognyanova.

Advokat Fedorovning aytishicha, Oxunjonov Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng inson huquqlari vaziyati tobora yomonlashib borayotgani ortidan Ukrainaga kelishga majbur bo‘lgan.

Nazrullo Oxunjonov Ozodlik radiosining OzodNazar eshittirishining doimiy ekspertlaridan biri qatorida bir necha yillardan beri O‘zbekistondagi siyosiy jarayonlarga o‘z nuqtai nazarini bildirib kelar edi.

XS
SM
MD
LG