Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:14

Toshkentlik ona: Ko‘richak bo‘lgan 16 yashar o‘g‘limni operatsiya stolida o‘ldirib qo‘yishdi


O‘zbekistonlik ona o‘g‘lining o‘limida shifokorlarni ayblamoqda. Toshkent shahrida yashovchi Nodira opa Ozodlik bilan suhbatda Toshkent Tibbiyot Akademiyasi shifoxonasida vrachlarining mas’uliyatsizligi oqibatida 16 yoshli o‘g‘li nobud bo‘lganini aytdi. Toshkent shahar prokuraturasi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi mazkur holat bo‘yicha surishtiruv boshlagan.

15 sentabr kuni ko‘richak tashhisi bilan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi shifoxonasiga yotqizilgan 16 yoshli Behzodjon To‘raxo‘jaev jarrohlik amaliyoti payti operatsiya stolida hayotdan ko‘z yumdi.

Behzodning onasi Nodira opa Ozodlik bilan suhbatda farzandi klinika vrachlarining mas’uliyatsizligi oqibatida nobud bo‘lganini aytdi.

- Ko‘richak bilan borgan bolamni operatsiya stolida o‘ldirib qo‘yishdi. Bular bizdan pul olish uchun bolani harorati yuqori bo‘lsa ham, yuragi bezovta bo‘lib turgan bo‘lsa, ham operatsiya qilish uchun olib kirib ketishdi. Keyin birdaniga baqir-chaqir bo‘lib, ketdi. Bilsak doktorlarda dori-darmon bo‘lmagan. Anesteziolog aytadiki, kislorod tugab qoldi, operatsiyaga kirayotganda bular kislorodi yoki dori - darmoni bor-yo‘qligiga qaramaydimi?! - deb zor yig‘laydi ona.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:09:33 0:00
Бевосита линк

Behzodjon To‘raxo‘jaevning o‘lim guvohnomasiga onasining aytishicha, "anafilaktik shok oqibatida nobud bo‘lgan", deb yozib berilgan.

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi shifoxonasining bolalar jarrohlik bo‘limi vrachlaridan biri Ozodlik bilan suhbatda bola 15 sentabr kuni ko‘richak bilan olib kelingani, jarrohlik amaliyoti payti narkoz preparati tufayli anafilaktik shok natijasida hayotdan ko‘z yumganini aytdi.

- Anesteziya payti anafilaktik shokdan o‘lgan. Shundan ortiq ma’lumot berolmayman. Hozir bu bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining maxsus komissiyasi tekshiruv olib bormoqda. Kimning xatosi tufayli bo‘lganini shu komissiya aniqlaydi, - dediToshkent Tibbiyot Akademiyasi shifoxonasi vrachi.

Anafilaktik shok bemor organizmining ma’lum allergenga nisbatan reaksiyasi keskin oshishi oqibatida kelib chiqadi. Bu anesteziya jarayonida ham ro‘y beradi.

Lekin, marhumning onasi vrachlarga bolaning allergiyasi borligi haqda ma’lum qilganini aytdi.

- Bola doridan shokga tushib qoldi, deb bolani o‘ziga tashlashyapti hamma narsani. Bola sport bilan shug‘ullanadigan bola edi, o‘z oyog‘i bilan bordi kasalxonaga bordi. Hech qanaqa shok bo‘lmagan. Kislorodi tugab qolgan. Bu haqda menga anesteziolog aytdi. Nimaga kislorod tugab qoladi? Hozir bizga tushuntirib bersin, soppa-sog‘ bolam nimadan o‘ldi. Taftish qilishsin, - deydi marhumning onasi Nodira opa.

Ayni paytda Toshkent shahar prokuraturasi ham Behzodjon To‘raxo‘jaevning o‘lim yuzasidan surishtiruv boshlagan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida ham bu holatni taftish qilish uchun maxsus komissiya tuzilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev hukumatning yanvar oyidagi majlisida tibbiyot sohasidagi jiddiy muammolar va etishmovchiliklar haqida gapirgan, aholini dori vositalari bilan ta’minlash va sog‘lom avlod o‘stirish – eng muhim masalalar ekanini ta’kidlagandi.

XS
SM
MD
LG