Линклар

Jurnalist Bobomurod Abdullaev Toshkentdagi Gvardeyskiy, deb nom chiqargan Milliy Xavfszlik Xizmatining yerto‘lasida so‘roq qilinmoqda. Jurnalist nimada ayblanayotgani ma’lum emas. Bobomurod Abdullaevni ustidan ilk mahkama 1 oktabr kuni Yunusobod tumani sudida bo‘lishi kutilmoqda. Advokati Munojot Parpievaga shanba kuni Abdullaev bilan uchrashishga ruxsat berilmadi.

Shanba kuni Bobomurod Abdullaev bilan uchrashish uchun borgan himoyachisi Munojot Parpievaga xavfsizlik xizmati mas’ullari mahkum yoniga kirishga ruxsat bermagan.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Abdullaev Toshkentdagi Gvardeyskiy, deb nom chiqargan Milliy Xavfsizlik Xizmatining erto‘lasida hibsda ushlab turilibdi.

Abdullaev ustidan 1 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 11.00da Toshkentning Yunusobod tumani sudida ilk mahkama belgilangan.

Shu mahkamada jurnalistning hibsga olinishiga sanksiya berilishi kutilyapti.

Bobomurod Abdullaev nimada ayblagayotgani ma’lum emas. Dastlab u Yunusobod tumanida yuz bergan o‘g‘irlik jinoyatida gumon qilinuvchi sifatida ko‘rilayotgani aytilgandi.

Lekin, Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha, Bobomurod Abdullaev ishi bilan Milliy Xavfsizlik Xizmati shug‘ullanmoqda.

Bobomurod Abdullaev ishi bilan MXX tergovchilari shug‘ullanmoqda.
Bobomurod Abdullaev ishi bilan MXX tergovchilari shug‘ullanmoqda.

Bir kun avval MXX tergovchilari Abdullaevning uyida tintuv o‘tkazib, kompyuteri xotira qattiq diskini hamda bir qator CD va DVD disklar hamda “Muhammad Payg‘ambar hayoti” nomli kitobni olib ketishgan.

Chorshanba kuni bedarak ketgan jurnalist Bobomurod Abdullaevning hibsga olingani haqda juma kuni ma’lum bo‘ldi.

44 yoshli Bobomurod Abdullaev O‘zbekistonda futbol jurnalisti sifatida tanilgan.

U 2000 yil boshida "Ozod ovoz" mustaqil veb saytiga asos solgan. Britaniyaning urush va tinchlikni yoritish instituti (IWPR)ning Toshkentda muxbiri bo‘lib ishlagan.

XS
SM
MD
LG