Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:35

HRW: Eron afg‘on bolalarini Suriyada jang qilishi uchun yollamoqda


Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi (EIQK) qo‘mondonlari Muhammad Pakpur va Muhammad Tagi O‘sanlu (chapdan o‘ngga) Eron shimoli-g‘arbida o‘tkazilayotgan harbiy amaliyotni kuzatmoqda
Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi (EIQK) qo‘mondonlari Muhammad Pakpur va Muhammad Tagi O‘sanlu (chapdan o‘ngga) Eron shimoli-g‘arbida o‘tkazilayotgan harbiy amaliyotni kuzatmoqda

Hyuman Rayts Uotch tashkiloti Eron inqilobi qo‘riqchilari korpusi (EIQK) ushbu mamlakatda yashayotgan afg‘on muhojirlarining farzandlarini Suriyada jang qilish uchun yollamoqda, degan xabarni tarqatdi. Tashkilot hisobotiga ko‘ra, jangga yollangan afg‘on bolalarining eng kichigi 14 yoshdadir.

Qarorgohi Nyu-York shahrida joylashgan inson haqlarini himoya qilish tashkilotining 1 oktabr kuni tarqatilgan xabarnomasida aytilishicha, eng kichigi 14 yoshgacha bo‘lgan afg‘on bolalari “Fotimiyun” diviziyasida jang qilayotgani aniqlangan.

Eron qo‘llab-quvvatlayotgan ushbu harbiy bo‘linma faqat afg‘onlardan tashkil topgan qurolli guruh bo‘lib, Suriya urushida hukumat qo‘shinlari tomonida turib kurashmoqda.

"Eron bolalarni askarlikka yollashni zudlik bilan bas qilishi va o‘zi Suriyaga jo‘natgan afg‘on bolalarini orqaga qaytarishi shart", deydi Hyuman Rayts Uotch tashkilotining O‘rta Sharq mintaqasi bo‘yicha direktori Sara Li Uitson o‘z bayonotida.

Hyuman Rayts Uotch Eron qabristonlaridagi qabrtosh suratlari tahlil natijasida 8 afg‘on o‘smiri Suriyada jang qilib, halok bo‘lgani aniqlanganini bildirdi.

"Eron OAV ham shu kabi ayrim holatlarni tasdiqlab, kamida 6 afg‘on o‘smiri Suriyada jang qilib, halok bo‘lganini xabar qildi", deyiladi zikr etilgan xabarnomada.

Inson haqlarini himoya qiluvchi tashkilot qabr toshlarida marhumlarning yoshi buzib ko‘rsatilganiga asoslanib, “Eronda Suriyada jang qilish uchun bolalarni yollash amaliyoti keng tarqalgan”ini aytmoqda.

"Eron hokimiyat idoralari bechorahol immigrant va qochqinlarning farzandlarini ovlab yurish o‘rniga barcha bolalarni himoya qilishi, afg‘on bolalarini urishish uchun yollayotgan kishilarni javobgarlikka tortishi kerak", dedi Uitson.

Eron Ichki ishlar vazirligining hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu mamlakatda 2,5 million nafar afg‘on bor, ammo aksariyatining shaxsini tasdiqlovchi hujjati yo‘q.

Hyuman Rayts Uotch ilgari Eronda yashab turgan afg‘on qochqinlari oilasiga rasmiy maqom olib borish umidida “o‘z ixtiyori” bilan Suriyada jang qilishga rozi bo‘lgan holatlarni aniqlagan edi.

“Fotimiyun” diviziyasi tarkibida qancha kishi borligi haqida rasmiy ma’lumot yo‘q, biroq EIQK tarkibiga kiruvchi “Tasnim Nyus” axborot agentligiga ko‘ra, diviziyaning 14 ming jangarisi bor.

Xalqaro huquq me’yorlariga ko‘ra, 15 yoshdan kichik bo‘lgan o‘smirlarni jangu jadal uchun uchun yollash harbiy jinoyat hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG