Линклар

Diniy qo‘mita: Mirziyoev tashabbusi bilan "oqlangan"larni tinch hayotga qaytarayapmiz

  • Озодлик

Ikki xotini bilan borayotgan o‘zbekistonlik (Illyustrativ surat)

O‘zbekiston hukumati radikal va ekstremist guruhlar saflarini tark etgan fuqarolarini tinch hayotga qaytarishda ko‘maklashmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Ortiqbek Yusupov Moskva va Butun Rossiya patriarxi Kirill bilan uchrashuvi paytida bayonot berdi.

RIA-Novosti agentligi xabarida aytilishicha, Rossiya partriarxi Kirill bilan uchrashgan Din ishlari qo‘mitasi raisi Ortiqbek Yusupov O‘zbekistonda 16 mingdan ortiq kishi nazoratda turuvchilar ro‘yxatidan chiqarilganini alohida ta’kidlagan.

"Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan bu yil diniy ekstremizmning oldini olish maqsadida adashib diniy-ekstremistik faoliyatga kirib qolganlar ogohlantirildi, ularga ishonch bildirildi va tinch hayotga qaytishi uchun har tomonlama yordam ko‘rsatilmoqda", deya iqtibos keltirdi Din ishlari qo‘mitasi raisidan agentlik.

O‘zbekistonda yoz oylarida mamlakat bo‘ylab IIV nazoratida turuvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 17 mingdan ortiq kishi bilan suhbatlar o‘tkazildi va ulardan 16 mingdan ortig‘i bu ro‘yxatdan chiqarildi. O‘zbekistan 24 telekanaliga ko‘ra, bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev ma’lum qilgan.

Shu yilning iyun oyida prezident topshirig‘i bilan respublika bo‘ylab mahalla qo‘mitalari, hokimiyat, kuch ishlatar idoralar vakillari ishtirokidagi guruhlar tuzilib, ro‘yxatga nomi kiritilgan va muntazam nazoratda turgan kishilar suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbatda asnosida taqiqlangan diniy ekstermistik guruhlarga a’zo emasligi aniqlangan yoki bu guruhlarga aloqador bo‘lgan bo‘lsa-da, keyinchalik bu yo‘ldan qaytganiga ishontirgan kishilar imomlar kafilligi ostida "oqlandi" - ro‘yxatdan chiqarildi.

Bundan tashqari patriarx Kirill bilan juma kungi uchrashuvi paytida qo‘mita raisi: "Islom dini nomi ostidagi ekstremizm xalqaro masshtabdagi harbiy-siyosiy kuchga aylanmoqda", deb bayonot bergan va respublikada radikal-ekstremistik guruhga a’zo bo‘lgan shaxslarni aniqlab, jazoga tortish jarayoni davom etayotganini aytib o‘tgan.

RIA-Novosti agentligi bu xabariga ilova qilgan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari 2016 yilning birinchi yarmida radikal-ekstremist va terrorchi tashkilotlar tarafdori, deya 549 kishini qo‘lga olgan.

Bundan tashqari, shu muddat ichida, ekstremistlik va terrorchilik xarakteridagi 334 ta jinoyat aniqlangani, 7 ming nusxadagi ekstremistik adabiyot va hukumatga qarshi varaqa musodara qilingani aytildi.

XS
SM
MD
LG