Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:37

Inson miyasiga o‘xshash tarzda ishlovchi kompyuter mikrochiplari ishlab chiqildi


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Olimlar uzoq yillardan beri inson miyasi kabi oz energiya sarflab, tez ishlay oladigan kompyuterlar ishlab chiqishga urinib keladi.

Endilikda ushbu maqsadga erishish yo‘lida yana bir qadam tashlandi: olimlar inson miyasining ma’lumotni saqlash va tahlil qilish funksiyalarini takrorlovchi fotonli kompyuter mikrochiplarini ishlab chiqishdi.

Yangi chiplarda qayta yozish mumkin bo‘lgan optik disklarda qo‘llaniladigan fazasi o‘zgaruvchi materiallardan foydalanilgan.

Muhimi, yangi chiplardagi fotonik sinapslar inson miyasidagi sinapslardan minglab marta tez ishlay oladi.

Olimlarning aytishicha, bu izlanishlar kompyuter texnologiyasi rivojida yangi davr boshlaydi.

Izlanish natijalari Science Advances jurnalida chop etildi.

XS
SM
MD
LG