Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 22:46

So‘xlik tadbirkor: Hokimga ishonib, 100 million so‘mga tushdim


Uzbek banner - Open-microphone
Uzbek banner - Open-microphone

Farg‘ona viloyat, So‘x tumanidan Imomali Nishonov OzodMikrofonga bog‘lanib, "hokimiyatining asossiz qarori bois, hayoti ostin-usun bo‘lib ketganidan" shikoyat qildi.

Imomali Nishonovning da’vo qilishicha, 2016 yilda tuman hududidan unga 6 gektar yer ajratish haqida qaror chiqargan hokimiyat oradan hech qancha o‘tmay, bu qarorini asossiz bekor qilgan va yerni boshqalarga sotib yuborgan.

To‘raev esa, hokimiyat qaroriga ishonib, uyini garovga qo‘ygani va bankdan 100 million so‘mlik kredit olganini aytmoqda.

Hozirga kelib, yersiz qolgan so‘xlik tadbirkor – bankdan olgan kreditini qaytarmasa, uysiz-joysiz hamda shaxsiy uyida ochib qo‘ygan do‘konisiz ham qoladigan bo‘lib turibdi.

Imomali Nishonov bilan suhbatni tinglang.

Сўхлик тадбиркор: Ҳокимга ишониб, 100 миллион сўмга тушдим
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:46 0:00
Бевосита линк

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz, bizga qo‘ng‘iroq qiling yoki Skypeda biz bilan muloqotga chiqing.

Telegram, WhatsApp tarmog‘idagi raqamlarimiz:

+420 724 971 539; +420 724 740 755.

Muhim eslatma: “Ozod mikrofon” rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG