Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:15

Imom Buxoriy siymosini o‘zbek rassomi ilk bor katta polotnoda aks ettirdi


Rassom Ahmad Umarovning “Imom Buxoriyning Hartang qishlog‘iga tashrifi” asari.
Rassom Ahmad Umarovning “Imom Buxoriyning Hartang qishlog‘iga tashrifi” asari.

Samarqandlik 60 yashar o‘zbek rassomi¸ O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi Ahmad Umarov Imom Buxoriy haqida epik polotno yaratdi.

Ozodlik bilan suhbatda rassom uch yil umrini sarflab yaratgan asarini yaqinda Samarqandda tashkil qilinishi kutilayotgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqotlari markaziga sovg‘a qilish niyatini bildirdi.

Eni 3 metr va bo‘yi 2 metrlik¸ dastgohli moybo‘yoq janrida yaratilgan bu asar “Imom Buxoriyning Hartang qishlog‘iga tashrifi” deb ataladi.

Rassomning keyingi uch yillik mehnat mahsuli bo‘lgan bu asarni¸ eskiz-qoralama tarzida ham ko‘rgan samarqandlik blogger Toshpo‘lat Raxmatullaevning Ozodlikka aytishicha, Ahmad Umarov Imom Buxoriy obrazini ishonarali yarata olgan:

- Asar portret emas hikoya uslubida yaratilgan. Safarga shaylangan karvon¸ imomni hibsga olishga kelgan ikki mirshab va vaziyatni kuzatayotgan chol va nabira uchligi o‘rtasida oq kiyingan Buxoriy obrazini ko‘ramiz. Bu personajlar Samarqand yaqinidagi qishloqlarning tipik manzarasi fonida realistik uslubda ifodalangan, deydi blogger.

Rassom Ahmad Umarov. Blogger Toshpo‘lat Rahmatullaevga oid foto
Rassom Ahmad Umarov. Blogger Toshpo‘lat Rahmatullaevga oid foto

Rassom Ahmad Umarov Ozodlik bilan suhbatda asarning yaratilish tarixini gapirib berdi:

- Tarixga qiziqaman. Ubaydulla Uvatovning Imom Buxoriy asarini o‘qib Buxoriy siymosini Internetdan izlab topa olmadim. Bitta portretga ko‘zim tushdi. 1969 yil Misr pochta vazirligi chop qilgan marka edi u. Juda qari qilib tasvirlashgan. Buxoriy bor yo‘g‘i 60 yoshga kirgan bo‘lsa, nega uni buncha qaritib yuborishibdi, degan o‘yda izlanishni boshlab yubordim¸ deydi rassom.

Unga ko‘ra¸ rasmda aks etgan chinorlar Buxoriyning boqiyligi timsoli bo‘lsa¸ yo‘lga chiqayotgan karvon avlodlarga yuborilgan merosini bildiradi. Mirshablar esa Buxoriyning mashaqqat va tazyiq to‘la hayotiga ishorat, deydi rassom.

Rassom Ahmad Umarov 1981 yili Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universitetining badiiy grafika fakultetini tugatgan. Ozodlik bilan suhbatda Umarov taniqli rassomlar Malik Nabiev va Shuhrat Abdurashidov kabi ustozlardan rasm chizish mahoratini o‘rganganligini mamnuniyat bilan esladi

- Shuhrat Abdurashidov ustozim edi. Rahmatlik erta o‘lib ketdi. Syujet¸ rang, yorug‘ va soya nimaligini o‘rgatgan edi. Bugungi chizgan asarimda Abdurashidovga hos hikoya uslubida tasvirlashga urindim. Endi asarim haqida san’atshunoslar gapirsa arziydi, deydi Umarov.

Илк бор ўзбек рассоми Имом Бухорий ҳақида эпик полотно яратди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:06:27 0:00

Rossiya Badiiy akademiyasi a’zosi¸ Art-Reliz jurnali redaktori¸ rassom va munaqqid Aleksandra Zagryajskaya Ryabicheva Ozodlik bilan suhbatda “Imom Buxoriyning Hartang qishlog‘iga tashrifi” asariga yaxshi baho berdi:

- Juda chiroyli rasm. Ranglar juda toza va uyg‘un. Oq rangga nisbatan daraxtlar¸ osmon va boshqa preedmetlar o‘rtasidagi mutanosiblik juda mayin. Kontrastning ozligi esa¸asar voqeligining uzoq o‘tmishda bo‘lganini bizga his qildiradi, dedi munaqqid.

XS
SM
MD
LG