Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:43

Fizika bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofoti amerikalik olimlarga beriladi


Fizika bo‘yicha bu yil Nobel mukofotiga loyiq topilgan olimlar Rayner Vayss, Barri Barish va Kip Torn (chapdan o‘ngga).
Fizika bo‘yicha bu yil Nobel mukofotiga loyiq topilgan olimlar Rayner Vayss, Barri Barish va Kip Torn (chapdan o‘ngga).

AQShlik olimlar Rayner Vayss, Barri Barish va Kip Torn koinotdagi gravitatsion to‘lqinlarni ilk marotaba to‘g‘ridan-to‘g‘ri aniqlashgani uchun fizika bo‘yicha bu yilgi Nobel mukofoti bilan taqdirlandilar.

Bu uch fizik Lazer-interferometrik gravitatsion-to‘lqinli observatoriya (LIGO) loyihasiga qo‘shgan hissa tufayli Albert Eynshteyn bir asr muqaddam qilgan bashorat 2015 yil tasdiqlandi.

Ular bundan 1,3 milliard yil avval sodir bo‘lgan ikki qora tuynuk to‘qnashuvini kuzatishgan. O‘shanda hosil bo‘lgan to‘lqinlar 1,3 milliard yil deganda Yerga yetib kelgan.

LIGO detektori 2002 yil Torn, Vayss hamda Ronald Drever loyihasi bilan qurilgan. Detektor boshida Eynshteyn bashorat qilgan makon va zamondagi to‘lqinlarni topa olmagan. Shu sabab uning faoliyati to‘xtatib qo‘yilgan. Dekektorni yangidan ishga solish uchun to‘rt yil sarflangan.

Pirovardida olimlarning sa’y-harakatlari natija bergan: 2015 yilning sentabrida 53 quyosh massasiga teng qora tuynuklar to‘qnashuvi keltirib chiqargan gravitatsiya to‘lqinlarini qayt etishga muvvaffaq bo‘lishgan.

Mukofot sovrindorlarini taqdirlash marosimi odatdagidek Stokgolm shahrida mukofot asoschisi Alfred Nobel (1833−1896) vafot etgan kun – 10 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

Har bir mukofot uchun 9 million krona (1,1 million AQSh dollari) beriladi.

XS
SM
MD
LG