Линклар

11 декабр 2017, Тошкент вақти: 10:53

5 oktabr kuni ertalab Andijon shahrining Dexqonobod mahallasida 59 yashar ota jahl ustida qizi va nevarasini pichoqlab o‘ldirdi va o‘z joniga qasd qildi. Fojia ro‘y bergan xonadon qo‘shnilaridan birining Ozodlikka aytishicha, qotillikka oilada pul ustida kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgan.Andijon prokuraturasi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 98-moddasi - "Qasddan odam o‘ldirish" bandi bo‘yicha ish ochib, hodisani tergov qilmoqda.

5 oktabr ertalab Andijonning Dehqonobod mahallasidagi xonadonda 28 yashar ayol va uning 9 yashar o‘g‘li pichoqlab o‘ldirildi.

Qotillikni sodir etganlikda ayblanayotgan marhumaning 59 yashar otasi o‘z joniga qasd qilgan¸ ammo o‘lmay qolgan.

(Qurbonlar va qotillikda ayblanayotgan otaning ismi-sharifi Ozodlikka ma’lum. Tergov jarayoni nihoyasiga yetmagani bois ular shaxsi ochiqlanmaëtir - tahr.)

Andijon huquq-tartibot tizimidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra, oilada janjal kelib chiqishiga o‘g‘irlik sabab bo‘lgan.

"3 oktabr kuni oilaboshi otaning yig‘ib qo‘gan puli yo‘qolib qolgan. Qizi “ukam o‘g‘irladi” degan. “Sen o‘z ukangni o‘g‘riga chiqarayapsanmi”, deb uning bo‘g‘ziga pichoq tortgan. Keyin shu yerda turgan 9 yoshli nevarasini ham pichoqlab o‘ldirgan. Tergov guruhi qotillik joyiga yetib borganida ayol va uning o‘g‘li qonga belanib o‘lik holda yotgan bo‘lgan. Qotillikda gumon qilinayotgan oilaboshi chalajon ahvolda bo‘lgan. U o‘zini pichoqlab, o‘ldirmoqchi bo‘lgan, hozir u og‘ir ahvolda kasalxonada, - dedi fojia tafsilotlaridan xabardor huquq tizimi mulozimlaridan biri.

Ozodlikka ma’lum bo‘lishicha¸ Andijon prokuraturasi voqea yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining “Kuchli ruhiy hayajonlanish holatida qasddan odam o‘ldirish” (98-modda) moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘agan.

Ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxsga besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan.

Qotillik ro‘y bergan xonadon qo‘shnilaridan birining Ozodlikka aytishicha, bo‘g‘izlab o‘ldirilgan ona va bola 5 oktabr kuni tushdan keyin “Oyshaxonim” qabristonida yonma-yon dafn etilgan.

"Bu qotillik butun Andijonni larzaga keltirdi. Ularning janozasi bugun bo‘ldi. "Oyshaxonim" qabristoniga yonma-yon dafn etib keldik. Ota kasalxonada, aytishlaricha, o‘zini-o‘zi pichoqlagan, og‘ir ahvolda yotibdi"¸ dedi ismi sir qolishi sharti bilan Ozodlikka gapirgan qotillik ro‘y bergan xonadonning qo‘shnisi.

Bu suhbatdoshga ko‘ra¸ o‘ldirilgan ayol bitta farzandi bilan ishsiz otasinikida yashab yurgan¸ uning o‘zi ham ishsiz bo‘lgan.

So‘nggi ikki oy ichida Ozodlik O‘zbekistonda oilada janjal oqibatida ro‘y bergan kamida uchta qotillik haqida xabar berdi.

O‘tgan oy boshida Surxondaryoning Termiz shahrida uch farzandning onasi qaynoanasi bilan uy-joy ustida talashib, uyiga o‘t qo‘yishi oqibatida 72 yoshli qaynona o‘tda yonib halok bo‘ldi, 9 yashar o‘g‘il kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi.

Avgust oyiida esa Farg‘onada 51 yoshli ota mashina ustida talashib, 27 yoshli o‘z o‘g‘lini, ustiga benzin qo‘yib, yoqib yuborgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining "Postda" nashriga ko‘ra, joriy yilning 7 oyi ichida oila-turmush doirasida 105 ta qotillik jinoyati sodir etilgan. Jumladan, 34 ta holatda er xotinining, beshta holatda esa¸ xotin erining joniga qasd qilgan. Boshqa holatlarda qarindoshlar bir-birovining joniga qasd qilgan.

XS
SM
MD
LG