Линклар

Шошилинч хабар
12 ноябр 2019, Тошкент вақти: 05:32

Rossiyada o‘zbekistonliklar tushgan avtobusni poezd urib ketib, 21 kishi nobud bo‘ldi (VIDEO)


Россияда ўзбекистонликлар тушган автобусни поезд уриб кетиб, 21 киши нобуд бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:11 0:00

6 oktabrga o‘tar tunda “Sankt-Peterburg — Nijniy Novgorod” yo‘nalishida ketayotgan poezd o‘zbekistonlik 57 yo‘lovchi tushgan Mercedes avtobusini urib ketishi oqibatida 21 kishi, shu jumladan 3 yosh bola va 2 qozog‘istonlik haydovchi halok bo‘ldi.

Bu haqda xabar qilgan Interfaksga ko‘ra, fojea Toshkent vaqti bilan soat 05:39 Vladimir viloyatining Petushinskiy tumanidagi temriyo‘l Vladimir viloyatidagi temiryo‘l chorrahasida sodir bo‘lgan.

Aytilishicha, avtobusda qozog‘istonlik 2 haydovchidan tashqari o‘zbekistonlik 57 yo‘lovchi bo‘lgan.

Vladimir oblast gubernatori matbuot kotibi Rita Shlyaxovaga tayanib xabar qilinishicha, avtobusdagi odamlar uxlab yotgan bo‘lgan, haydovchi baqira boshlagach, odamlar uyg‘onib avtobusdan chiqqan va avtobusni joyidan qo‘zg‘atish uchun uni itara boshlgan. Avtobusni joyidan jildirishga uringanlar omon qolgan, avtobus ichidagilar halok bo‘lgan. Avtobus ikkiga bo‘linib ketgan.

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anuar Jaynakov Facebook orqali quyidagi ma’lumotni e’lon qildi:

"So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Vladimir oblastida yo‘l harakati hodisasiga uchragan avtobusda O‘zbekistonning 55 fuqarosi va 2 haydovchi - Qozog‘iston fuqarolari bo‘lgan. Ulardan biri o‘lgan, ikkinchisi Pokrov shahrida vaqtinchalik boshpana punktiga joylashtrilgan".

Kun.uz saytining xabar qilishicha, fojia vaqtida omon qolgan o‘zbekistonliklar va halok bo‘lganlarning jasadlarini olib kelish uchun O‘zbekiston hukumati Rossiyaning Vladimir viloyatiga maxsus bort yo‘llaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, ayni vaqtda Sog‘liqni saqlash va Favqulodda vaziyatlar vazirligi Rossiyaga halok bo‘lganlarning jasadlarini olib kelish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish masalasini hal etmoqda.

FVVning ushbu masala bo‘yicha shug‘ullanayotgan mas’ul xodimi Bahodir Odilov kun.uz sayti savoliga qisqa tarzda javob berar ekan, O‘zbekiston FVV Vladimirda yuz bergan baxtsiz hodisada halok bo‘lganlar va jabrlanganlarni vatanlariga olib kelish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borayotganini tasdiqlagan. U batafsil ma’lumotni keyinroq taqdim etishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG