Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:20

OzodMikrofon: "Andijon hokimi bilan bank boshlig‘i lafzida turmadi"


Andijonlik tadbirkor Saodat Boyboeva
Andijonlik tadbirkor Saodat Boyboeva

Andijon shahridan qo‘ng‘iroq qilgan tadbirkor, 56 yashar Saodatxon Boyboevaning OzodMikrofonga arz qilishicha, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov va Asakabankning Andijondagi Farhod filiali boshlig‘i Dilshod To‘xtaboev 2013 yilda uning eski bozordagi do‘koni buzilishi evaziga, shu binoni garovga qo‘yib olgan 22 million so‘mlik kreditidan voz kechishi haqida lafz qilgan.

Lekin Saodat opaning aytishicha, oradan uch yil o‘tib, kreditni yopish uchun uning mashinasini tortib olishgan. Saodat opa hokim va bank boshlig‘ining lafzida turmaganidan shikoyat qiladi.

Ozodmikrofon: Ҳоким билан банк бошлиғи лафзида турмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:49 0:00
Бевосита линк

Ozodlik Saodatxon Boyboevaning iddaosiga munosabat olish maqsadida Asakabankning Andijondagi Farhod filiali boshlig‘i Dilshod To‘xtaboev bilan bog‘landi.

Jurnalistning Saodatxon Boyboeva nomini aytishi bilan Dilshod To‘xtaboev aloqani uzib qo‘ydi va u bilan bog‘lanishning boshqa iloji bo‘lmadi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG