Линклар

Шошилинч хабар
09 май 2024, Тошкент вақти: 02:52

A.Turg‘unov: Qilmaganim jinoyat uchun 10 yil o‘tirdim!


7 oktabr kuni qamoqdan ozod etilgan A’zam Turg‘unov, "Ezgulik" tashkiloti tarqatgan surat
7 oktabr kuni qamoqdan ozod etilgan A’zam Turg‘unov, "Ezgulik" tashkiloti tarqatgan surat

O‘zbekistonda 2008 yilda tovlamachilikda ayblanib, 10 yilga qamalgan muxolifatdagi "Erk" demokratik partiyasi faoli va O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan "Mazlum" inson huquqlari tashkiloti rahbari bo‘lgan A’zam Turg‘unov 7 oktabr kuni qamoqdan ozod etildi.

U qamoqdan jazo muddati bitishiga 9 oyga yaqin muddat qolganda ozod etildi.

Ozodlik radiosiga bergan eksklyuziv intervyusida huquq faoli qariyb 10 yil qamoq jazosini nohaq o‘tadim, deb ta’kidladi va bundan buyon o‘zining oqlanishi uchun harakat qilishini aytdi.

Quyida uning qamoqqa tashlanishi, "Toshturma", "Jasliq", "Shayxali" qamoqxonalarida kechgan yillari haqidagi suhbatni tinglashingiz mumkin:

Аъзам Турғунов: Содир этмаган жиноят учун 10 йил ўтирдим, албатта, оқланишга интиламан!
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:18:47 0:00
Бевосита линк

66 yoshli A’zam Turg‘unov qamalishidan oldin mahalliy kuch tizimlari munosabatidan norozi fuqarolarning mahkama ishlarida qatnashib, ularga huquqiy yordam ko‘rsatib kelgan.

"Ezgulik" inson huquqlari tashkiloti faoli Abdurahmon Tashanov esa o‘z Facebook sahifasida qamoqdan ozod bo‘lgan Turg‘unov bilan birga tushgan videoni e’lon qildi.

So‘nggi bir hafta ichida O‘zbekistonda uch nafar siyosiy mahbus ozod etildi.

4 oktabr kuni o‘zbekistonlik jurnalist Solijon Abdurahmonov 9 yilu 4 oylik qamoq ortidan Qarshi shahridagi Shayxali qamoqxonasidan ozod etilgani haqda Ozodlik xabar bergan edi.

67 yoshli Solijon Abdurahmonov 9 yil 4 oylik qamoq ortidan 4 oktabrda ozod bo‘ldi.

Abdurahmonov ozod etilishidan bir kun avval esa jizzaxlik huquq faoli A’zam Farmonov "Jasliq" qamog‘idan uyiga qaytgandi.

XS
SM
MD
LG