Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:40

Microsoft shirkati Windows Phone kuni bitganini tan oldi


Microsoft shirkatining Windows bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jo Belfiore Twitterda Windows Phonening yangi modellari va Windows Mobile OS dasturining yangi versiyalari chiqarilmasligini tasdiqladi.

Belfiorega ko‘ra, shirkat Windows 10 Mobiledagi kamchiliklarni tuzatishda davom etadi, ammo unga yangi funksiya qo‘shishni to‘xtatadi.

Belfiore Windows Mobilening kuni bitishiga ilova ekotizimining yaxshi ishga tushmagani sabab bo‘lganini aytdi. Shirkat mutaxassislarni ilova ishlab chiqishga chorlagan, ammo bu harakatlar samara bermagan.

J. Gold Associates shirkatining yetakchi tahlilchisi Jek Gold Windows Mobile texnologiyasi aslida yomon emasligini, ammo Android va iOS etakchi bo‘lgan bozorda Windows Mobile moslamalari raqobatga dosh bera olmaganini ta’kidladi.

- Ilova ishlab chiquvchi bo‘lsangiz, 3 foiz bozor ulushi uchun ilova ishlab chiqasizmi yoki 35 foiz ulush uchunmi? - dedi Gold.

XS
SM
MD
LG