Линклар

Шошилинч хабар
14 декабр 2019, Тошкент вақти: 12:35

Qozog‘iston Qirg‘iziston bilan chegarasidagi nazoratni kuchaytirdi (VIDEO, FOTO)


Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi "Ak-Jol" nazorat-o‘tkazish punkti. (Ozodlik arxividan)

10 oktabr, soat 18:00 dan boshlab Qozog‘iston chegarachilari qozoq-qirg‘iz chegarasidan o‘tayotgan transportni va yo‘lovchilarni tekshirishni kuchaytirdi. Natijada chegarada odamlar va transport vositalari tirbandligi yuzaga keldi. Rasmiy Ostona chegaradagi vaziyatni hozircha sharhlagani yo‘q.

Qirg‘iziston Chegara xizmatiga ko‘ra, kuchaytirilgan tartib Qirg‘iziston prezidenti saylovi munosabati bilan joriy etilgan, biroq chegaraning Qirg‘iziston tomonida hech qanday cheklov yo‘q.

Chegarada soatlab navbat kutib turgan yo‘lovchilarning aksariyati nazorat kuchaytirilganini prezident Nazarboevning sha’niga hamkasbi Atambaev kuni kecha aytgan tanqidiy fikrlarga javob, deb baholamoqda.

Chegarada 10 oktabr kechga yaqin yuzaga kelgan vaziyat 11 oktabrda ham o‘zgarishsiz qoldi.

Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat. 2017, 11 oktabr
Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi vaziyat. 2017, 11 oktabr

Qirg‘iziston Chegara xizmatiga ko‘ra, qirg‘iz-qozoq chegarasidagi “Chon-Kapka”, “Ak-Jol”, “Ak-Tilek” punktlarida nazorat kuchaytirilgan.

Olmaotada ishlaydigan qirg‘izistonlik Amantur Risqulov chegaradagi “Korday” punktida (Qirg‘iziston tomoni - “Ak-Jol”) navbat kutib turganiga 10 soatdan oshgani to‘g‘risida Azattiq radiosiga 11 oktabr, kunning birinchi yarmida telefon orqali aytdi.

- Chegarada tungi soat 2 dan beri turibman. Odam ko‘pligini eshitib, kechasi tezroq o‘tib ketamiz deb kelgan edik. Xotinim bilan ikki bolamni piyoda o‘tkazib yuboraqolay, desam, buning ham iloji bo‘lmadi – odam ko‘p. Yarim soatda bitta mashina o‘tkazishayapti, dedi yo‘lovchi.

Jurnalist Marat Tolomush o‘g‘li 10 oktabr kechqurun “Kordayda”bo‘lgani, navbat kutib turganlar 300-400 nafar atrofida ekanligi to‘g‘risida Azattiq radiosiga aytgan.

Qozog‘istonlik siyosatshunos Dos Koshim Ozodlik radiosining qozoq xizmatiga nazorat kuchaytirilishi to‘g‘risida Chegara xizmati ogohlantirishi lozim edi, degan fikrni bildirarkan, jumladan bunday dedi:

- Saylovga 5-6 kun qolganda (Qirg‘iziston prezidenti saylovi 15 oktabrda o‘tkaziladi – tahr.) shunga o‘xshash xavfsizlik choralari ko‘rilishi mumkin. Chegara xizmati vaziyat Qirg‘izistondagi saylovdan keyin yumshaydi, deb bayonot berib qo‘ysa ham bo‘lar edi. Shunday qilinmagani uchun odamlar o‘zicha taxminlarni aytmoqda. Bu ikki xalqning o‘rtasiga o‘t yoqishga o‘xshab ketayapti. Balki bu vaziyatga Atambaevning aloqasi yo‘qdir. Balki bu chegara xizmatining ichki tartibidan kelib chiqqan choradir. Lekin saylovdan keyin vaziyat qanday rivojlanishini ham hech kim bilmaydida, degan siyosatshunos.

Ayni paytda Qozog‘istonda ishlab yurgan qirg‘izistonlik mehnat muhojirlariga bosim kuchaygani to‘g‘risida ham xabarlar paydo bo‘lmoqda. Olmaota shahridagi qirg‘iz diasporasi vakili Aldayar Mamatov bozorlarda qirg‘iz migrantlari hujjatlarini tekshirish kuchayganini Azattiq radiosiga xabar qildi.

- Ilgari “Kenjexan", "Arlan", "Kazina" bozorlarida hujjat tekshirishgan emas. Kechadan beri reyd o‘tkazib, tekshirishyapti, dedi Aldayar Mamatov.

Qirg‘iz-qozoq chegarasida yuzaga kelgan vaziyat Internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda ham keng yoritilmoqda. Ko‘pchilik chegarada nazorat kuchaytirilishini prezident Nazarboevning sha’niga hamkasbi Atambaev kuni kecha aytgan tanqidiy fikrlarga javob, deb baholamoqda.

Shanba, 7 oktabr kuni Almazbek Atambaev bir guruh qirg‘izistonliklarga davlat mukofotlarini topshirish marosimida 15 oktabrda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi mavzuiga to‘xtalar ekan, Qozog‘iston rahbariyatini bu saylovga aralashayotganlikda aybladi.

Қозоғистоннинг Қирғизистон билан чегарасида назорат кучайтирилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:55 0:00
Бевосита линк

Prezidentlik uchun asosiy kurash Atambaevning izdoshi deb aytilayotgan Sooronbay Jeeenbekov bilan sobiq bosh vazir Omurbek Babanov o‘rtasida ketmoqda.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev Babanov bilan 19 sentabr kuni uchrashuv o‘tkazgan edi Bu urashuvdan oldinroq Nazarboev Jeenbekov bilan ham uchrashganligiga qaramay, aynan Babanov bilan uchrashuvdan so‘ng Qirg‘iziston TIV Qozog‘istonga norozilik notasini yuborgan edi.

7 oktabr kungi chiqishida Qirg‘iziston prezidenti Qozog‘iston rahbariyatini saylovga aralashayotganlikda ayblar ekan, Qozog‘istong prezidentining yoshiga ham teginib o‘tgan edi.

"Nazarboevning bizga yosh prezident kelishi kerakligi haqidagi so‘zlarini qo‘llab-quvvatlayman. Biroq, bizdagi eng yoshi katta nomzod ham Nazarboevdan 20 yoshga kichikdir. Men esam, 16 yoshga kichikman. Bas, shunday ekan,kim yosh prezidentga muhtoj? Bizmi yo Qozog‘istonmi?- degan edi Almazbek Atambaev.

Qirg‘iziston bilan Qozog‘iston chegarasida 4 ta xalqaro va 4 ta ikkitomonlama o‘tkazish punkti bor.

Qirg‘iziston Chegara xizmatiga ko‘ra, 10 oktabrgacha chegaradan har kuni 1800 ta avtomashina o‘tadi. “Korday”- “Ak-Jol” chegara punktlarining eng yirigi bo‘lib, bu erdan kuniga 12 ming yo‘lovchi va 500-600 avtomashina o‘tib turgan.

Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan birga bitta tashkilot - Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) ga a’zo. Rossiya bilan Belarus o‘rtasida Bojxona ittifoqi sifatida tuzilib, keyin YOIIga aylantirilgan tashkilotga Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston a’zo.

XS
SM
MD
LG