Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:24

Mirziyoevning ortidan O‘zbekistonga Amerikadan kimlar ketdi?


Sarlavhaga chiqarilgan savolga AQShda yashayotgan jurnalist Jahongir Muhammad o‘zida bor javobni berdi. Lekin uning javobi to‘liq bo‘lmasligi ham mumkinki, savolni Siz tinglovchi uchun ham ochiq qoldiramiz: Mirziyoevning ortidan O‘zbekistonga Amerikadan kimlar qaytdi? Javobingiz bo‘lsa, yozing.

Bugungi OzodNazarda suhbatdoshimiz muhim bir yangilik bilan o‘rtoqlashdi.

Mana o‘sha yangilik (Jahongir Muhammadning Feysbukidan):

Boymirza Hayit tavalludining 100 yilligi

Boymirza Hayitga bag‘ishlab Turkiyada o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida e’lon
Boymirza Hayitga bag‘ishlab Turkiyada o‘tkazilgan tadbir to‘g‘risida e’lon

​Istanbulda "Boymirza Hayit va bugungi kunda Turkiston tarixining tadqiqotlari" mavzuida xalqaro simpozium bo’ldi.

Anjumanda turk dunyosining taniqli olimlari va namoyandalari ma’ruzalar qilib, Boymirza Hayitning Turkiston tarixini yoritishdagi buyuk faloiyatini e’tirof etdilar.

Turk duyosining taniqli olimlari, professorlar Abdulkodir Donuk, Salih Aynural, Ahat Andijon, Nodir Davlat va boshqalar o'zbek tarixchisning jasorati, ilmiy dahosi haqida nutq so’zladilar.

Anjumanda O’zbekistonning turli viloyatlaridan taklif qilingan ziyolilar ham qatnashdilar.

Anjumaning eng iliq qarshilangan notig’i Xalqaro Iftixor mukofotining sohibi shoir va hofiz DADAXON HASAN bo’ldi.

-Ustoz haqidqagi xotirlarimni gapirb berdim, she’rlarim o'qildi, qo’shiqlarim eslandi, Boymirza Hayitning xotirasi O’zbekistonda ham nishonlanadigan kunlar kelmoqda,-deydi Dadaxon Hasan iftixor bilan.

Shunday qilib, bugungi OzodNazarda Boymirza Hayit to‘g‘risida, u kishi qoldirgan merosning millat uchun ahamiyati haqida ham so‘z bo‘ldi.

Мирзиёевнинг ортидан Ўзбекистонга Америкадан кимлар кетди?
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:21:13 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG