Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:05

WHO: Ishdagi stress ruhiy salomatlikka putur yetkazishi mumkin


Illyustrativ surat.
Illyustrativ surat.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) yetakchiligida o‘tkazilgan yangi izlanish natijalariga ko‘ra, ishdagi nosog‘lom muhit jismoniy va ruhiy kasalliklarga, ichkilikka yoki boshqa psixoaktiv moddalarga berilishga olib kelishi hamda ishchilarning samaradorligini pasaytirishi mumkin.

Izlanish natijalari 10 oktabr kuni nishonlanadigan xalqaro ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan e’lon qilindi.

Izlanishga ko‘ra, ishdagi stress tufayli yuzaga keladigan ruhiy salomatlik buzilishining eng keng tarqalgan turlari depressiya va muntazam bezovtalikdir.

Yiliga 300 milliondan oshiq odam depressiyadan aziyat chekadi, 260 milliondan oshiq odam doimiy xavotirda yashaydi. Bu esa ishchilar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

WHO ma’lumotlariga ko‘ra, depressiya va muntazam xavotir bo‘lishdan dunyo iqtisodi yiliga 1 trillion dollar zarar ko‘radi.

Ishchilar uchun yaxshi muhit yaratib, ruhiy qiyinchiliklarga duchor bo‘lganlarni qo‘llaydigan tashkilotlar esa o‘z samaradorligini oshiradi.

XS
SM
MD
LG