Линклар

Шошилинч хабар
20 ноябр 2019, Тошкент вақти: 18:56

O‘zbeklarni qutqaringlar paxta ofatidan!!!


Sirdaryoning Sayxunobod tumanidagi paxta dalasidan maktub yozgan farg‘onalik "paxtakor"¸ Shavkat Mirziyoevning BMT minbaridan turib O‘zbekistonda majburiy mehnatga barham berildi¸ degan gapi yolg‘onligini o‘z hikoyasi vositasida BMTga yetkazishni so‘ragan.

Maktubni OzodMaktub ruknida tahrirsiz, qisqartirishsiz, muallif imlosi va punktuatsiyasini saqlagan holda berishga qaror qildik.

****************************

Shaxsim sir qolishi sharti bilan.


Farg‘ona viloyati hokimi Sh. G‘aniev shaxsan Prezident topshirig‘i deya Farg‘onadagi barcha tashkilot va muassasalar xodimlarini majburan Qoraqalpog‘istonga paxtaga jalb qildi.


Marg‘ilon temir yo‘l vokzalidan minglab ishchi qullar poezd vagonlariga militsiya kuchi bilan chiqarildi.


Taqdir taqozosi bilan biz kupe vagondan joy oldik deb xursand bo‘lgandik, lekin ikki kishilik kupega 12 kishini majbur joylashdi.
Men e’tiroz bildirmoqchi edim, lekin Farg‘ona IIB xodimi boshimda dubinka o‘ynatib turdi.


Mijja qoqmay yo‘l bosdik. Ertasi kuni soat 11.00 larda Guliston temir yo‘l vokzaliga yetib keldik. Bizni itday vagonlardan tushirib yuk mashinasiga ortishdi. Ha, ha yuk mashinasiga ortishdi.....

Keyin bizni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumaniga olib borishdi.

Bizga beton pol ustida yotish nasib qildi.


Eng xunugi bizga Farg‘ona viloyat IIB tomonidan biriktirilgan va dubinka bilan qurollangan militsioner xodimlar rahbar qilib berildi.


Ular bizni hozirgacha xo‘rlashmoqda. Militsiya xodimlari bizni qamatish bilan qo‘rqityapti. Biz hozir ham Sayhunoboddagi 30-umumta’lim maktabida xorlikda paxta teryapmiz.

Agar siz haqiqatdan Ozodlik radiosi bo‘lsangiz bu masalani Birlashgan millatlar tashkilotiga yuboring.


O‘zbek xalqini paxta balosidan qutqaringlar. Qachongacha xo‘rlanamiz o‘z yurtimizda?

Birlashgan millatlar tashkiloti nega jim? Shu ma’lumotni ularga yetkazish qo‘lingizdan keladiku! Iltimos yetkazinglar!

Sh.Mirziyoevning BMT minbaridagi nutqi yolg‘on! Majburiy mehnat avjida hozir!

Iltimos shaxsim sir qolsin!!!
Oshkor bo‘lsa shundoq ham azobli hayotim uqubatga aylanadi!!!

O‘zbeklarni qutqaringlar paxta ofatidan!!!

......................................................................................................................

Eslatma​: OzodMaktub rukni ostida chop etiladigan fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari ifodasidir. Ozodlik bu mulohazalar uchun mas’ul emas.

XS
SM
MD
LG