Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:00

“MXX bosimi bilan sud erimni uzoq yilga qamab yuborishidan qo‘rqaman!”


OzodMikrofonga Toshkent viloyatining Zangiota tumanidan bog‘langan Dilnoza Zokirbekova viloyat Ichki ishlar boshqarmasining narkotik moddalar g‘ayriqonuniy savdosiga qarshi kurash bo‘limida mayor vazifasida ishlagan eri Sanjarbek Zokirbekovning MXX xodimlari tomonidan hibsga olingani va tergov davomida unga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilganini iddao qiladi.

Dilnoza Zokirbekova ish yuzasidan borayotgan sud majlislarida qatnashganini aytar ekan, sud raisi erining o‘ziga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilgani haqidagi shikoyati, guvohlarning ko‘rsatmalarini inobatga olmayotganiga e’tiroz bildiradi.

Zokirbekova¸ mahkamaning MXX bosimi ostida erini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilib yuborishi mumkinligidan xavotirda ekanligini aytadi.

Sobiq ichki ishlar mulozimi Sanjarbek Zokirbekov O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 273-moddasi, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish, 210,211-moddalari pora berish va pora olish kabi moddalari bilan ayblangan.

OzodMikrofon: “Суд МХХ таъсири остида ҳукм чиқаришидан қўрқиб турибман”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:30 0:00
Бевосита линк

--------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!

XS
SM
MD
LG