Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2019, Тошкент вақти: 05:35

Tillerson: Eron dastaklayotgan jangarilar Iroqni tark etishi kerak


AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson 2017 yil 21 oktabrda Er-Riyodga keldi.

AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson Iroq hukumatiga “Islom davlati” ekstremistik guruhini yengishda yordam bergan, Tehron qo‘llab kelayotgan jangarilarning “uyga qaytish vaqti keldi”, dedi. Eronparast kuchlar “Islom davlati” guruhiga qarshi janglarda ishtirok etgan.

- [“Islom davlati»ga qarshi] kurash oxirlab borar ekan, Iroqda bo‘lgan Eron jangarilari endilikda uylariga qaytishlari zarur, - dedi Tillerson 22 oktabr kuni Riyodda qilgan chiqishida.

- Iroqdagi xorijiy jangchilar uylariga qaytishlari hamda Iroq xalqi boshqaruvni qo‘lga olishiga imkon yaratishlari kerak, - deya qo‘shimcha qildi kotib.

Saudiya Arabistoni Tillersonning shanba kuni boshlangan olti kunlik safaridagi birinchi davlatdir. Riyoddan so‘ngra AQSh davlat kotibi Qatar, Pokiston va Hindistonga boradi.

AQSh prezidenti Donalьd Tramp ma’muriyati Eronni yakkalab,Tehronning Yaqin Sharqdagi harakatlarini cheklashga bel bog‘lagan. Tillersonning Fors ko‘rfaziga safari aynan shu urinishlar doirasida bo‘lib o‘tmoqda.

Vashington Yangi tuzilgan Saudiya-Iroq koordinatsiya kengashi yordamida Eronning Iroqdagi ta’siriga chek qo‘ymoqchi.

Saudiya Arabistoni Iroq 1990 yilda Quvaytga bostirib kirishi ortidan Iroq bilan aloqani uzgan edi.

Iroq hukumati kuchlari yil boshida Mosul shahrini jangarilardan ozod etdi. Endilikda mamlakat armiyasi guruh boshqaruvidagi so‘nggni hududlarga yurish qilmoqda.

Yuqori lavozimli AQSh rasmiysi Tillerson o‘z sharhlarida “Ommabop mobilizatsiya kuchlari” hamda “Quds” kuchlarini nazarda tutganini aytdi.

Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif Tillerson sharhlarini Twitterda keskin tanqid qildi.

- O‘z uylarini IShIDdan himoya qilish uchun bosh ko‘targan iroqliklar aynan qaysi davlatga borishlari kerak? - deb yozdi Zarif.

Zarif yana Janubiy Afrikaga qilgan safari davomida:

- Eron Islom Respublikasi qurbonligisiz [“Islom davlati”] Damashq, Bag‘dod hamda [Iroq Kurdistoni poytaxti] Arbilda o‘z hukumatini o‘rnatgan bo‘lar edi, - dedi.

Saudiya-Iroq kengashi yig‘inida ikki davlat yetakchilari “Islom davlati”ga qarshi kurash hamda Iroq iqtisodini qayta tiklash masalalarini muhoma qilidilar.

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Adel al-Jubayr:

- Bu ikki davlatning [Iroq va Sudiya Arabistoni] bir-biriga yaqin bo‘lish tendensiyasi – asrlar davomida shunday bo‘lib keladi – bir necha o‘n yilga to‘xtab qoldi. Biz yo‘qotishlarimiz o‘rnini to‘ldirishga harakat qilyapmiz, - dedi.

XS
SM
MD
LG