Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2024, Тошкент вақти: 07:02

"Exo Moskvi" radiostansiyasi ish joyida jurnalisti pichoqlandi


Tatyana Felgengauer
Tatyana Felgengauer

Rossiya Tergov qo‘mitasi "Exo Moskvi" radiostansiyasi bosh muharrir o‘rinbosari Tatyana Felgengauerning hayotiga qasd qilish to‘g‘risida jinoyat ishi qo‘zg‘adi. Rossiya Ichki ishlar vazirligida jinoyat "shaxsiy g‘araz" asosida amalga oshirilgan, deb hisoblamoqdalar. Svoboda radiosining xabar qilishicha, politsiya barcha versiyalarni ko‘rib chiqishga va’da bergan.

​"Exo Moskvi" radiostansiyasi tahririyatida bosh muharrir o‘rinbosari Tatyana Felgengauer yaralandi. Noma’lum shaxs tahririyat binosiga bostirib kirib, jurnalistga pichoq bilan hujum qildi. Pichoq jurnalistning bo‘yniga sanchilgan. Felgengauer kasalxonaga yotqizildi. Unga kateter qo‘yildi.

Vrachlarga ko‘ra, jurnalist hayoti xavf ostida emas. Hujum qilgan shaxs ushlangan.

Tahiriyat binosida politsiya ishlamoqda. Bu haqda "Exo Moskvi" bosh muharriri Aleksey Venediktov xabar qildi. Hozircha tasdiqlanmagan ma’lumotlarga qaraganda, hujum qilgan shaxsning bir sherigi ham bo‘lgan. Ular binoga kiraverishdagi qo‘riqchining yuziga gaz sochib kirib olgan va shundan so‘ng 14- qavatga chiqib, jurnalistning bo‘yniga pichoq urgan.

XS
SM
MD
LG