Линклар

Шошилинч хабар
06 декабр 2019, Тошкент вақти: 05:49

O‘shda jurnalist Alisher Soipovni xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi (AUDIO)


Qirg‘izistonning O‘sh shahrida 24 oktabr kuni bundan 10 yil muqaddam otib ketilgan taniqli jurnalist Alisher Soipovning xotirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jurnalist yashagan xonadonda bo‘lib o‘tgan marosimda uning sobiq hamkasblari, inson huquqlari faollari va yaqinlari ishtirok etdi.

Alisher Soipov yashagan uyning bir xonasi xotira muzeyiga aylantirildi.

Xona muzeyidan jurnalistning shaxsiy ashyolari va ish qurollari o‘rin olgan.

Alisher Soipovning ukasi Shohrux yig‘ilganlarga marhum nomini abadiylashtirish maqsadida qirg‘izistonlik yosh jurnalistlar uchun mukofot ta’sis rejalari borligini aytdi.

Шоҳрух Соипов: Акамнинг қотили ҳалигача топилмади
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:26 0:00
Бевосита линк

Marosimda Alisher Soipov asos solgan "Siyosat" gazetasining jurnalist hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus soni tarqatildi.

26 yoshli Alisher Soipov 2007 yilning 24 oktabr kuni O‘shdagi Masaliev ko‘chasida otib ketilgandi.

Jurnalistning qotillari haligacha topilmagan.

Alisher Soipov Amerika Ovozi, Ozodlik, VVS, Mashhad radiolari, “Farg‘ona.Ru” axborot agentligi bilan hamkorlik qilib, Farg‘ona vodiysidagi siyosiy, diniy, xavfsizlik, inson huquqlari mavzusidagi voqealarni yoritib kelgan.

25 yoshida u “Siyosat” haftalik gazetasini ta’sis etgandi.

Qirg‘iziston janubida tarqatilgan bu gazetaning O‘zbekistonda ham mushtariylari bor edi.

Tahlilchilar Alisherning o‘limini uning kasbiy faoliyati bilan bog‘lashadi.

Buyurtma qotillik izi qo‘shni O‘zbekistonga borib taqalishi mumkinligini Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari ham rad etgan emas.

XS
SM
MD
LG